AsosiyJamiyat

Bugun O‘zbekistonning 5 ta hududida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Harorat 35 darajagacha ko‘tariladi.

'Bugun O‘zbekistonning 5 ta hududida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda'ning rasmi

O‘zgidromet 3 oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra:

TOSHKЕNT SHAHRI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. 

Harorat kechasi 14-16°, kunduzi 28-30° bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON RЕSPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. 

Harorat kechasi 11-16°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. 

arorat kechasi 12-17°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.

TOSHKЕNT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 

Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 

Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.

TOG‘LI HUDUDLAR

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. 

Shamol sharqdan7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. 

Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar