AsosiySalomatlik

JSST yaqin orada yangi pandemiya paydo bo‘lishi xavfidan ogohlantirdi

Bunga dunyo bo‘ylab Marburg virusi keng tarqalishi sabab bo‘lishi mumkin.

'JSST yaqin orada yangi pandemiya paydo bo‘lishi xavfidan ogohlantirdi'ning rasmi

SSV Matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, ekspertlar xulosasiga ko‘ra, og‘ir gemorragik isitmani keltirib chiqaruvchi ushbu infeksiyadan o‘lim darajasi o‘ta yuqori — 90 foizga teng.

Hozir Afrika qit’asining Ruanda davlatida mazkur patologiya bilan bog‘liq ko‘plab holatlar qayd etilgan. Olimlar xavfli virus endi Yer yuzi bo‘ylab keng tarqalishidan xavotirda. 

Ma’lum bilishicha, Marburg isitmasi odamlarga ko‘rshapalaklardan yuqishi mumkin. Qolaversa, infeksiyaga chalingan bemorlardan ajraladigan biologik suyuqliklar (qon, so‘lak, peshob) bilan bevosita aloqa qilish, shuningdek, turli jismlar yuzalari orqali ham faol tarqaladi. 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Marburg virusi Ebola singari o‘ta yuqumli bo‘lib, hozircha tasdiqlangan davo muolajalari mavjud emas. Qolaversa, bu xastalikka qarshi vaksinalar ham yaratilmagan. 

Kasallik belgilari boshqa tropik isitma patologiyalari bilan o‘xshash. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, alomatlar to‘satdan boshlanadi va bemor yuqori tana harorati, kuchli bosh og‘rig‘i hamda bezovtalikdan aziyat chekadi. 

Mushaklarda og‘riqlar kuchayib, tez-tez talvasa yuz beradi. Qolaversa, diareya, ko‘ngil aynishi va qayt qilish holatlari ham kuzatilishi mumkin. 

Kasallikning beshinchi kunida ko‘krak, orqa va qorin bo‘shlig‘ida toshmalar paydo bo‘lishi mumkin. Og‘ir vaziyatlarda esa sakkizinchi-to‘qqizinchi kunga borib o‘lim holati sodir bo‘lishi ehtimoli bor.

Eslatib o‘tamiz, avvalgi yillarda Marburg virusi Gana va Ekvatorial Gvineya mamlakatlarida ham ro‘yxatga olingan edi. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Grippdan so‘ng organizm qancha vaqtda tiklanadi?'ning rasmi

    Salomatlik 12.11.2024 13:19

    Grippdan so‘ng organizm qancha vaqtda tiklanadi?

    Hozir bu mavzu ko‘pchilik uchun dolzarb.

    'JSST zudlik bilan vaksinalar ishlab chiqish zarur bo‘lgan kasalliklar ro‘yxatini e’lon qildi'ning rasmi

    Salomatlik 11.11.2024 12:23

    JSST zudlik bilan vaksinalar ishlab chiqish zarur bo‘lgan kasalliklar ro‘yxatini e’lon qildi

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tezkor ravishda yangi vaksinalar ishlab chiqish zarur bo‘lgan 17 ta patogen ro‘yxatini taqdim etdi.

    'Infarktdan so‘ng yurak faoliyatini samarali tiklash yo‘li topildi'ning rasmi

    Salomatlik 05.11.2024 14:14

    '2050 yilgacha Yer yuzida 60 yosh va undan kattalar soni ikki barobar oshadi'ning rasmi

    Salomatlik 17.10.2024 14:40

    2050 yilgacha Yer yuzida 60 yosh va undan kattalar soni ikki barobar oshadi

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti sayyoramiz aholisi o‘rtasida keksa yoshli kishilar ulushi bilan bog‘liq tahliliy ma’lumotlarni e’lon qildi.

    'Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumki'ning rasmi

    Salomatlik 16.10.2024 13:42

    Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumki

    Odatda jarrohlik amaliyotidan so‘ng teridagi kesmalarning o‘rni bitishi uchun bir necha hafta va kundalik tibbiy parvarish talab etiladi.

    'Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?'ning rasmi

    Salomatlik 14.10.2024 14:22

    Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?

    Zamonaviy hayotning toksik yukini hisobga olgan holda samarali ishlashi kerak bo‘lgan tanani tabiiy tozalashning uchta bosqichi haqida mutaxassisdan tavsiyalar.