Joriy yilning 4 oktyabr kuni Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir nafar haydovchi vafot etdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Ia’lum bo‘lishicha, Pastdarg‘om tumani "Iskandariy" mahallasida tunggi 23:20 dar atrofida GAZ-53 haydovchisi mumkin bo‘lmagan joydan harakatlanib, to‘g‘ridan kelayotgan Jigulini o‘tkazib yubormasdan YTH sodir etgan. Oqibatda yengil mashina haydovchisi olgan jarohatlari bilan voqea joyida halok bo‘lgan.
Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.