Bugun, 8 oktyabr kuni Andijon viloyatidagi ayol boshqaruvidagi Onix rusumli transport vositasi anhorga tushib ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 14:00 larda Andijon shahrining Yu.Otabekova hamda Shahidtepa ko‘chalari kesishgan chorraha oldidagi ovqatlanish shoxobchasi avtoturargohidan 1973 yilda tug‘ilgan haydovchi Sh.O. (ayol) o‘zining Onix rusumli transport vositasida orqaga harakatlanayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, anhorga tushib ketgan.
Ushbu hodisa oqibatida hech kimga tan jarohati yetmagan. Transport vositasi maxsus texnikalar yordamida anhordan chiqarib olingan.