AsosiyJamiyat

Og‘ir kasalikka chalingan chaqaloq Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarildi

Shu kunga qadar u Yekaterinburgdagi perinatal markazda davolangan.

'Og‘ir kasalikka chalingan chaqaloq Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarildi'ning rasmi

Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi ko‘magida Yekaterinburg shahrida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi, og‘ir kasallikka chalingan jajji vatandoshimiz yurtimizga qaytarildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Qayd etilishicha, 2024 yil 26 aprelda tug‘ilgan M.S.ga bir nechta tug‘ma kasalliklar bo‘yicha tashxis qo‘yilgan. Shu kunga qadar u Yekaterinburgdagi perinatal markazda davolangan.

Bemorda doimiy ravishda nafas yetishmovchiligi tufayli, u kun bo‘yi namlangan isitiladigan kislorodni qo‘shimcha yetkazib beruvchi maxsus qurilmada saqlab kelingan.

O‘tkazilgan maslahatlashuvlar natijasida va tibbiy komissiya xulosasiga ko‘ra, bolani mamlakatimiz perinatal markazlariga maxsus tibbiy yordam va kislorodli apparat ko‘magida olib borish zarurligi ma’lum bo‘ldi.

Hamyurtimizni O‘zbekistonga jo‘natish uchun mamlakatimizning Yekaterinburgdagi Bosh konsulxonasi ko‘magida unga xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirildi. Shundan so‘ng chaqaloq va uning ota-onasi Bolalar milliy tibbiyot birlashmasi pediatri Jaxongir Usmanov hamrohligida davolanishni davom ettirish uchun Toshkentga jo‘natildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda dronlar qurilish va atmosfera ifloslanishi monitoring qilinadi'ning rasmi

    Jamiyat 25.11.2025 22:29

    Toshkentda dronlar qurilish va atmosfera ifloslanishi monitoring qilinadi

    Buning uchun tegishli idoralarga topshiriqlar berildi.

    'Samarqand shahri hududi 17,5 ming gektarga kengaytiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 25.11.2025 20:50

    Samarqand shahri hududi 17,5 ming gektarga kengaytiriladi

    Samarqand shahri aholisi 604 mingdan 882 minggacha etadi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 25.11.2025 19:09

    'Odometer ko'rsatkichlarini yashirganlarga jarima joriy etish loyihasi ma'qullandi'ning rasmi

    Jamiyat 25.11.2025 15:15

    Odometer ko'rsatkichlarini yashirganlarga jarima joriy etish loyihasi ma'qullandi

    Qonunchilik palatasi avtomobilning bosib o'tgan yo'lini kamaytirib ko'rsatish yoki odometrni almashtirib, bu haqda xaridorni xabardor qilmaslik uchun ma'muriy javobgarlik belgilashni qo'llab-quvvatladi.

    'Fargʻonada hokim oʻrinbosari ekologiya inspektoriga kuch ishlatgani aytilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 25.11.2025 14:38

    Fargʻonada hokim oʻrinbosari ekologiya inspektoriga kuch ishlatgani aytilmoqda

    Buvayda tumanida noqonuniy daraxt kesish holatini rasmiylashtirmoqchi bo'lgan ekologiya inspektori hokim o'rinbosari tomonidan zo'ravonlik bilan to'xtatilgani bildirildi.

    'Imom Buxoriy majmuasi bir kunda necha nafar mehmonga xizmat koʻrsata olishi ochiqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 25.11.2025 13:51

    Imom Buxoriy majmuasi bir kunda necha nafar mehmonga xizmat koʻrsata olishi ochiqlandi

    Davlat rahbarining Samarqand viloyatiga tashrifida ushbu maʼlumot haqida soʻz bordi.