Londonning “Arsenal” jamoasi yarim himoyachisi Santi Kasorla jarohati tufayli kamida 3 oy maydonga tusha olmaydi.
Ma`lum bo`lishicha, Kasorla yaqin orada Shvesiyaga uchib boradi va u erda jarrohlik amaliyotini o`tkazadi.
Joriy mavsumda Santi Kasorla “Arsenal”ning barcha turnirlarida 11 o`yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.