AsosiyJamiyat

15 oktyabr — mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashning oxirgi kuni

14 oktyabr holatiga ko‘ra, jismoniy shaxslar 4,6 trln so‘m yer va mol-mulk soliqlarini to‘lagan

'15 oktyabr — mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashning oxirgi kuni'ning rasmi

Jismoniy shaxslar 4,6 trln so‘m yer va mol-mulk soliqlarini to‘ladi

2024 yilning 14 oktyabr holatiga 4,2 mln nafar jismoniy shaxslar tomonidan 6 mlnta obe’ktlarning 4,6 trln so‘m yer va mol-mulk soliqlari to‘landi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot kotibi Dildora Hoshimova ma’lum qildi. 

Ayni mudlatga ko‘ra, to‘lanmasdan qolayotgan soliq summasi 3,5 trln so‘mni tashkil etmoqda. Shundan, 712 mingta obyektda qarzdorlik summasi 1 mln so‘mdan yuqori.

Jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashning oxirgi muddati —15 oktyabr.


    Boshqa yangiliklar