AsosiyJAMIYAT

Jasjan nomi bilan tanilgan bloger Rossiyada qo‘lga olindi

Bloger Rossiyadan chiqib ketish arafasida aeroportda to‘xtatilgan.

'Jasjan nomi bilan tanilgan bloger Rossiyada qo‘lga olindi'ning rasmi

Toshkentda Jasjan nomi bilan tanilgan blogger Instagram’ga video olish uchun Moskva metrosida nomaqbul harakat qildi. Bu haqda “Korotko.uz” ma’lum qildi.

Bildirishicha, blogger Rossiya poytaxti Moskva shahrida metropolitenda provokatsion kontent tayyorlab, yo‘lovchilar bilan sun’iy mojarolar keltirib chiqargan. So‘ng u politsiya tomonidan qo‘lga olingan.

Blogger Rossiyadan chiqib ketish arafasida aeroportda to‘xtatilgan. Tergov jarayonida u Moskvaga aynan shunday videolar suratga olish maqsadida kelganini tan olgan. Tarqalgan videolarda blogger metropoliten yo‘lovchilarini ataylab g‘azablantirishga va turli bahsli vaziyatlarni yuzaga keltirishga urinani ko‘ringan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan suhbat davomida u qilgan ishlaridan pushaymon ekanini bildirib, jamoatchilikdan uzr so‘ragan.

Hozircha bloggerga nisbatan qanday huquqiy chora qo‘llanishi haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Avvalroq, u Toshkent shahrida ijtimoiy tarmoqlarga video olish maqsadida o‘zaro janjal uyushtirib, jamoat tartibini buzib javobgarlikka tortilgan edi.

    Boshqa yangiliklar