AsosiyJAMIYAT

Mudofaa ishlar organlari fuqaro xodimlarining ish haqi ikki bosqichda oshiriladi

Mazkur ma'lumot Prezident Shavkat Mirziyoyevning mudofaa sohasidagi ayrim masalalarga bag'ishlangan taqdimot bilan tanishuvi yakunlari bo'yicha ma'lum qilindi.

'Mudofaa ishlar organlari fuqaro xodimlarining ish haqi ikki bosqichda oshiriladi'ning rasmi

Oʻzbekistonda mudofaa ishlar organlarida faoliyat yuritayotgan fuqaro xodimlarning ish haqi miqdori ikki bosqichda oshiriladi. Bu haqda Mudofaa vaziri Shuhrat Xolmuhammedov maʼlum qildi.

Uning aytishicha, joriy yilning 1 iyulidan mazkur toifadagi xodimlarning ish haqi 20 foizga oshiriladi. Shuningdek, 2027 yilning 1 yanvaridan boshlab ularning maoshiga yana 50 foiz qoʻshiladi.

Mazkur maʼlumot Prezident Shavkat Mirziyoyevning mudofaa sohasidagi ayrim masalalarga bagʻishlangan taqdimot bilan tanishuvi yakunlari boʻyicha maʼlum qilindi.

Shu bilan birga, Toshkent va Samarqand shaharlarida xizmat oʻtayotgan harbiy xizmatchilar uchun turarjoy ijarasiga toʻlanadigan pul kompensatsiyasi ham 25 foizga oshirilishi belgilangan.

Taqdimot davomida davlat rahbari qoʻshinlarning jangovar shayligi va tayyorgarligini yanada oshirish, harbiy sohada ilgʻor tajribalarni keng joriy etish boʻyicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Shuningdek, harbiy taʼlim tizimini takomillashtirish, askarlarni kasbga oʻqitish va oliy taʼlim muassasalariga tayyorlash, ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratish yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

    Boshqa yangiliklar