AsosiyJamiyat

Qoʻshkoʻpirda 1,5 kgga yaqin giyohvand modda aniqlandi

Xorazm viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda yirik miqdorda geroyin va opiy musodara qilinib, gumonlanuvchi qo‘lga olindi.

'Qoʻshkoʻpirda 1,5 kgga yaqin giyohvand modda aniqlandi'ning rasmi

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbirlari doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Qo‘shko‘pir tumanida o‘tkazilgan operatsiyada 2001 yilda tug‘ilgan shaxs tekshirildi.

Uning yuk sumkasidagi payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan 1 kg 460 gr “geroin” va 27 gr “opiy” borligi aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, u mazkur moddalarni xorijlik narkosavdogarlardan olib, hududda sotish orqali daromad topmoqchi bo‘lgan.

Hozirda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, boshqa aloqador shaxslarni anqlash ishlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar