AsosiyJamiyat

Umra vaʼdasi bilan pul olganlar ushlandi

Toshkent shahri hamda Sirdaryo viloyatida fuqarolarni Umra ziyoratiga yuborishni va'da qilib, pul olgan bir necha shaxslar qo'lga olindi.

'Umra vaʼdasi bilan pul olganlar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qilishicha, poytaxtning Yakkasaroy, Uchtepa va Sergeli tumanlari hamda Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda fuqarolarning ishonchiga kirib, viza rasmiylashtirib berish bahonasida minglab dollar olgan shaxslar ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holatlarga ko‘ra, gumonlanuvchilar Umra ziyoratiga yuborish evaziga 1 000–1 650 AQSh dollari miqdorida pul olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Mazkur to‘rt holat yuzasidan Jinoyat kodeksining firibgarlik hamda pora berish bilan bog‘liq moddalari asosida jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar