108 gektar maydonda tashkil etilayotgan Milliy dendrologiya bog‘ining ilk 5 gektarida manzarali ko‘chatlar ekilib, shu bilan birga respublika hududlarida 21 ming fuqaro 164 gektar maydonda 88 ming tup ko‘chat o‘tkazadi.
“Yashil” universitet hududida "in-vitro" laboratoriyasi, Dorivor o‘simliklar hamda Urug‘chilik va seleksiya markazlari ham shu yilda faoliyatga kirishadi.
Prezident tadbirda BMT Forumining rahbarlari va xorijiy diplomatlar bilan ham uchrashdi.






