Ukraina prezidenti Rossiyaga qarshi mudofaa urushi olib borayotgan mamlakatida qurol ishlab chiqarishni sezilarli darajada kengaytirish uchun G‘arb sarmoyasidan foydalanishni ko‘zda tutmoqda. Bu haqida zamon.uz xabar bermoqda.
"Bizning sanoat salohiyatimiz mamlakatimizning moliyaviy imkoniyatlaridan ko‘ra ko‘proq uchuvchisiz samolyotlar, snaryadlar va harbiy texnika ishlab chiqarish imkonini beradi. Shu bilan birga, obyektiv sabablarga ko‘ra qurol ta’minotida yordam bera olmaydigan, o‘zlarida qurol yetarli bo‘lmagan ittifoqchilarimiz ham bor. Ular bizga o‘z qurollari bera olishmaydi, lekin moliyalashtirishda yordam ko‘rsatishlari mumkin", — dedi u o‘zining videomurojaatida.
"Fransiyada hamkorlikning yangi modelini – davlatimiz hududida Ukraina-Fransiya qo‘shma ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishni muhokama qildik va loyiha mudofaa vazirliklari darajasida ishlab chiqilmoqda", — deya davom etdi Zelenskiy. Prezident, shuningdek, hamkor davlat hukumati qurol ishlab chiqarishga sarmoya jalb qiladigan “Daniya modeli”ning muhimligini ta’kidladi.