AsosiyShou-biznes

Telegram`chilar “Ummon”chi Zohidni “o`ldi”ga chiqardi

Telegram messenjerida “Ummon” guruhi a`zosi Zohid Rixsiev avtohalokatga uchrab, vafot etgani haqida xabarlar tarqatildi.

Tarqatilgan xabarlarda Zohid Rixsiev 30 noyabr kuni soat 11:30 da avtohalokatga uchragani va vafot etgani yozilgan.

Telegram’da tarqatilgan xabarlar qanchalik haqiqatga yaqin ekanini bilish maqsadida, “Daryo” nashri “Ummon” guruhining ma`muri Doniyor Alimuhamedovga murojaat qildi.

E`tiborli tomoni, Telegram’dagi xabarlarga ilova qilingan suratlarda boshqa bir xonanda — Alijon Isoqovning yo`l-transport hodisasiga uchragan mashinasi aks etgan.
 
“Bu mish-mish bir necha kundan beri Telegram’dagi guruhlarda aylanib yurganidan xabarimiz bor. Xudoga shukr, ‘Ummon’ guruhidagi barcha yigitlar sog`-salomat. Telegram’da tarqatilgan xabarlar uydirmadan boshqa hech narsa emas”, — dedi “Ummon” guruhi ma`muri.

Boshqa yangiliklar