AsosiySport

La Liga. "Barselona" "Real"ni mag`lubiyatga uchrata olmadi

Ispaniya chempionati 14-tur markaziy o`yinida "Barselona" o`z uyida "Real" bilan kuch sinashdi. "El Klasiko" nomini olgan mazkur to`qnashuvda 1:1 hisobi qayd etildi. 

Uchrashuvning 53-daqiqasida Luis Suares hisobni ochgan bo`lsa,  Serxio Ramos so`nggi daqiqalarda hisobni tenglashtirib, jamoasini mag`lubiyatdan saqladi. 

Shu tariqa, "Real" mavsumni mag`lubiyatsiz davom ettirmoqda va La Ligada peshqadam bo`lib qoldi. 

"Barselona" – "Real Madrid" 1:1

Gollar: 1:0 – 53 Suares, 1:1 – 90 Ramos.

"Barselona" – ter Stegen, Suares, Pike, Alba, Buskets, Maskerano, Rakitich (Inesta, 60), Serdji Roberto, Andre Gomesh (Turan, 78), Neymar (Suares, 87), Messi.

"Real Madrid" –  Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kovachich (Dias, 86), Modrich, Isko (Kazemiro, 66), Vaskes, Ronaldu, Benzema (Asensio, 77).

Ogohlantirishlar: Isko (13), Neymar (28), Suares (75), Karvaxal (80), Buskets (83), Maskerano (89).

Boshqa yangiliklar