AsosiyJamiyat

Endi uyni ta’mirlash uchun 20 yilga 120 mln so‘m past foizli kredit beriladi

Ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badal va foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar "subsidyplatform.mf.uz" to‘lov platformasi orqali ajratiladi.

'Endi uyni ta’mirlash uchun 20 yilga 120 mln so‘m past foizli kredit beriladi'ning rasmi

"Mahalla yettiligi" tavsiyasi asosida kambag‘allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga ipoteka kreditini ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Hukumat qarori (691-son, 21.10.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, quyidagilar belgilandi:

yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash maqsadlari uchun asosiy stavkadan 4 foiz bandga yuqori stavkada 120 million so‘mgacha miqdorda, 20 yilgacha muddatga ipoteka kreditlarini ajratish;

ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun kredit muddatining birinchi 5 yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya to‘lab berish;

ipoteka kreditlari va ular bo‘yicha subsidiyalarni rasmiylashtirish hamda ajratish tartibi.

Shuningdek:

kambag‘allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashda kadastr pasportini rasmiylashtirish va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq to‘lovlar qiymati 50 foizga kamaytiriladi;

yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash uchun ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badal va foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar "subsidyplatform.mf.uz" to‘lov platformasi orqali ajratiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda “ijtimoiy karta” tizimi joriy etiladi'ning rasmi

    Jamiyat 30.12.2024 22:56

    Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda “ijtimoiy karta” tizimi joriy etiladi

    Tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

    'Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev bir-birini bayram bilan tabrikladi'ning rasmi

    Jamiyat 30.12.2024 22:08

    Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev bir-birini bayram bilan tabrikladi

    Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

    'Saida Mirziyoyeva falastinlik bolalarni yangi yil bilan tabrikladi'ning rasmi

    Jamiyat 30.12.2024 20:51

    Saida Mirziyoyeva falastinlik bolalarni yangi yil bilan tabrikladi

    Shavkat Mirziyoyevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 30.12.2024 18:28

    ''ning rasmi

    Jamiyat 30.12.2024 15:09

    'Afg‘onistonda ayollarga derazadan qarash taqiqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 30.12.2024 14:29

    Afg‘onistonda ayollarga derazadan qarash taqiqlandi

    Afg‘onistonda ayollar ko‘rinmasligi uchun uy derazalarini loyihalash va qurishni tartibga keltiruvchi farmon qabul qilindi.