AsosiyJAMIYAT

Президент журналист ва блогерларни давлат мукофотлари билан тақдирлади

"Doʻstlik" ordeniga bloger Zuhri Atabekova, "TASS" agentligining Oʻzbekistondagi muxbiri Valeriy Biryukov, shuningdek, bir qator nashrlar va telekanallar vakillari munosib koʻrilgan.

'Президент журналист ва блогерларни давлат мукофотлари билан тақдирлади'ning rasmi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini davlat mukofotlari bilan taqdirlash to'g'risidagi farmonni imzoladi.

Hujjatga ko'ra, mamlakatda so'z va matbuot erkinligini rivojlantirish, axborot sohasida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini ta'minlash, davlat va jamiyat boshqaruvida ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini mustahkamlash, milliy manfaatlarni xalqaro axborot maydonida himoya qilish hamda Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni keng yoritishga qo'shgan hissasi uchun bir qator jurnalist, blogger va media sohasi vakillari mukofotlangan.

Jumladan, "Mehnat shuhrati" ordeni bilan "Sevimli" telekanali boshlovchisi Farhod Abdullaev, publitsist Tulqun Kazakbaev, kontent tayyorlash markazi mutaxassisi Aziza Qurbonova va "Buvayda ko'zgusi" gazetasi bosh muharriri Azizaxon Solieva taqdirlangan.

"Do'stlik" ordeniga blogger Zuhri Atabekova, "TASS" agentligining O'zbekistondagi muxbiri Valeriy Biryukov, shuningdek, bir qator nashrlar va telekanallar vakillari munosib ko'rilgan.

"Kelajak bunyodkori" medali bilan Kun.uz muxbiri Shohruh Majidov, Platina.uz va Pinkod.uz loyihalari asoschisi Ravshanbek Meliqo'ziev hamda "Sinchalak blog" sahifasi muallifi Mahliyo To'lqinova taqdirlangan.

Shuningdek, "Shuhrat" medali bilan O'zA, Daryo.uz, UzReport TV, "Mening yurtim", "Zo'r TV", "Milliy" va O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida faoliyat yurituvchi qator jurnalistlar, muharrirlar, operatorlar va media xodimlari mukofotlangan.

Farmon bilan mukofotlanganlar orasida bloggerlar, muxbirlar, muharrirlar, tele va radio xodimlari, matbuot kotiblari hamda nashriyot sohasi vakillari bor.

Davlat rahbari mazkur soha vakillarining mamlakatda ochiqlik, oshkoralik va so'z erkinligini ta'minlashdagi xizmatlarini alohida e'tirof etgan.

    Boshqa yangiliklar