KXDRdan birinchi harbiylar guruhi Kursk viloyatiga yetib keldi. Bu haqida Ukraina razvedkasi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda zamon.uz.
"23 oktyabr kuni jangovar hududda Shimoliy Koreya askarlarini ko‘rishgan. Bungacha ular Rossiya poligonlarida tayyorgarlikdan o‘tishayotgan edi", deya xabar berdi Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi.
Ukraina razvedka xizmatlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning 12 mingga yaqin harbiy xizmatchisi, jumladan, 500 ofitser va uchta generali Rossiyaga o‘tkazilgan. Ularni tayyorlash va moslashishi uchun Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri o‘rinbosari Yunus-Bek Yevkurov javobgar etib tayinlangan.