AsosiyJamiyat

Onlayn do‘konlarning mijozlari foydasiga 100 mln so‘mlik mablag‘ qayta hisob-kitob qilindi

Raqobat qo‘mitasi oferta shartlarini tahlil qilib, qonun buzilish holatlarini aniqladi.

'Onlayn do‘konlarning mijozlari foydasiga 100 mln so‘mlik mablag‘ qayta hisob-kitob qilindi'ning rasmi

Raqobat qo‘mitasi onlayn do‘konlardan mijozlarga 100 million so‘mga yaqin mablag‘larni qaytarilishni ta’minladi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar qildi.

Qo‘mita qayd etishicha, elektron tijorat sohasida 2024 yilning o‘tgan vaqti davomida Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalariga 1048 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, savdo sohasi bo‘yicha kelib tushgan murojaatlarning 15,3 foizini tashkil etadi.

O‘rganishlarda 858 nafar iste’molchi foydasiga 100 mln so‘mga yaqin miqdoridagi mablag‘ qayta hisob-kitob qilingan bo‘lsa, 9,3 mln so‘mlik mahsulotlarning almashtirib berilishi ta’minlangan.

Raqobat qo‘mitasi fuqarolarning murojaatlarini hisobga olgan holda ish-reja asosida elektron tijorat va masofadan turib (onlayn) mahsulot sotuvchi veb-saytlarni hamda ommaviy oferta shartlarini tahlil qilish maqsadida quyidagi mavjud elektron tijorat tashkilotlarining ommaviy ofertalarini o‘rganib chiqdi.

  • 12 ta holatda — Zood mall oferta shartnomasi (22 ta band, 328 ta kichik bandlardan iborat);
  • 32 ta holatda — Olcha,uz oferta shartnomasi (14 ta band,127 ta kichik bandlardan iborat);
  • 27 ta holatda — Uzum market oferta shartnomasi. (13 ta band, 96 ta kichik bandlardan iborat);
  • 3 ta holatda — Elmakon,uz oferta shartnomasi (10 ta band, 74 ta kichik bandlardan iborat).

O‘rganishlarda elektron savdolarda nuqsonli tovarni almashtirish yoki pulini qaytarib bermaslik, iste’molchiga to‘liq, yetarli va ishonchli ma’lumotlar taqdim etmaslik va yetkazib berish muddatlarini buzilishi kabi qonun buzilish holatlari mavjudligi aniqlandi. Qo‘mita tomonidan mazkur elektron savdo do‘konlariga kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan xat yuborildi va bugungi kunda ommaviy ofertalar qonunchilik talablariga moslashtirilishi ta’minlandi.

Bundan tashqari, Openshop.uz (Openshop MCHJ), Orzon.uz ("Massa Impex" MCHJ), Glotr.uz ("Web media group" MCHJ), Uzum tezkor ("Uzum tezkor" MCHJ XK) hamda Dari.uz ("Podari shop" MCHJ) elektron tijorat bilan shug‘ullanuvchi jamiyatlarning saytlarida ham o‘rganish ishlari olib borilib, bunda ba’zi bir holatlarda saytlaridagi ma’lumotlar, ayrim holatlarda esa ommaviy ofertalar davlat tilida yuritilmasligi aniqlandi. Mazkur holat bo‘yicha jamiyatlarga tegishli ogohlantirish xatlari yuborildi va tegishli ma’lumotlar qonun talablariga muvofiqlashtirildi.

Xususan, Qo‘mita va Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda internet tarmog‘idagi "https://service-eco,uz/" veb-resursi o‘rganib chiqilganda milliy qonunchilik talablariga nomuvofiqlik holatlari aniqlangan. Mazkur veb-saytning identifikatsiya ma’lumotlari Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 sentyabrdagi "Butunjahon Internet tarmog‘ida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 707-son qaroriga asosan taqiqlangan axborot mavjud bo‘lgan Internet tarmog‘i axborot resurslari reyestriga kiritildi hamda undan mamlakat hududida foydalanish cheklandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekistonga kuchli sovuq havo oqimi kirib kelmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 13.12.2024 08:27

    O‘zbekistonga kuchli sovuq havo oqimi kirib kelmoqda

    O‘zgidromet tezkor axborot bilan chiqdi.

    'Bugun ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘adi'ning rasmi

    Jamiyat 13.12.2024 08:01

    Bugun ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘adi

    Harorat 15 darajagacha iliq bo‘ladi.

    'Saida Mirziyoyeva  ko‘zida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan uchrashdi'ning rasmi

    Jamiyat 12.12.2024 22:02

    Saida Mirziyoyeva ko‘zida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan uchrashdi

    Bolalar “Dot Pad” texnologiyasi yordamida quyosh tizimini “ushlab ko‘rish” imkoniga ega bo‘lishdi.

    'Uy-joylar qurilishida aholi mablag‘lari kafolatlanadi'ning rasmi

    Jamiyat 12.12.2024 21:03

    Uy-joylar qurilishida aholi mablag‘lari kafolatlanadi

    Prezident huzuridagi yig‘ilishda shu masala muhokama qilindi.

    'Poytaxtda yangi yil arafasida maxsus savdo yarmarkalari tashkil etildi'ning rasmi

    Jamiyat 12.12.2024 20:23

    Poytaxtda yangi yil arafasida maxsus savdo yarmarkalari tashkil etildi

    Bayramoldi arzonlashtirilgan narxlardagi bozorlar ro‘yxati bilan tanishing.

    'Banklarda eski namunadagi dollar kupyuralariga cheklov qo‘yildimi?'ning rasmi

    Jamiyat 12.12.2024 20:01