AsosiyJamiyat

Prezident Navoiy viloyatida 2025 yilni “Alisher Navoiy yili” deb e’lon qilishni taklif qildi

Bu haqida Shavkat Mirziyoyev raisligida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari yuzasidan o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

'Prezident Navoiy viloyatida 2025 yilni “Alisher Navoiy yili” deb e’lon qilishni taklif qildi'ning rasmi

Davlat rahbari buyuk bobomiz nomi bilan ataladigan Navoiy viloyati ma’naviy tarbiya, ma’rifiy yuksalish yo‘lida barchaga o‘rnak va namuna bo‘lishi, ta’bir joiz bo‘lsa, yurtimizning ma’naviy brendiga aylanishi zarurligi ta’kidlandi.

Masalan, 2017 yil Andijon viloyatida “Bobur yili” deb e’lon qilinib, shu asosda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgan edi. Prezident mana shunday ijobiy tajribani Navoiy viloyatida ham qo‘llab, yangi – 2025 yilni viloyatda “Alisher Navoiy yili” deb e’lon qilishni taklif qildi.

Bu yil doirasida “Hazrat Navoiyni anglash – o‘zligimizni anglash” mavzusida Prezident sovg‘asi uchun respublika tanlovi tashkil etiladi. Har bir mahalla, maktab, oliygohlar va mehnat jamoalarida “Navoiyxonlik kechalari” o‘tkaziladi.

“Yashil makon” loyihasi doirasida viloyatning shahar va tumanlari, qishloqlarida Navoiy bobomizga atab yangi bog‘lar, so‘lim xiyobonlar, yashil hududlar tashkil etiladi. 

Quriladigan Yangi O‘zbekiston bog‘ida Alisher Navoiyga bag‘ishlab memorial muzey tashkil etiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:07

    'Тиббиёт йўналишида ҳам "Зулфия" мукофотини бериш таклиф қилиняпти'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:47

    Тиббиёт йўналишида ҳам "Зулфия" мукофотини бериш таклиф қилиняпти

    Tibbiyot yo‘nalishida alohida yutuqlarga erishgan iqtidorli qizlarni Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlab borishni yo‘lga qo‘yish taklif qilinmoqda.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:33

    'Toshkent viloyatida bir guruh shaxslar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 13.09.2025 22:42

    Toshkent viloyatida bir guruh shaxslar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi

    Viloyat IИBning bergan ma’lumotiga ko‘ra, mushtlashuv ishtirokchilariga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot choralari qo‘llangan.

    'Qozog‘istonda 3 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat 13.09.2025 21:22

    Qozog‘istonda 3 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

    Ular Qozogʻistondagi metall yigʻuv sexida yuz bergan portlash oqibatida halok boʻlishgan.

    'Andijonda Nexia-2 haydovchisi moped va velosipedni urib yubordi'ning rasmi

    Jamiyat 13.09.2025 17:57

    Andijonda Nexia-2 haydovchisi moped va velosipedni urib yubordi

    Viloyat IIV vakili holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.