AsosiyJamiyat

"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" xodimlari mukofotlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning kombinat jamoasiga yo‘llagan bayram tabrigini Bosh vazir Abdulla Aripov o‘qib eshittirdi.

'"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" xodimlari mukofotlandi'ning rasmi

Olmaliq shahridagi “Metallurg” madaniyat saroyida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tashkil topganining 75 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning kombinat jamoasiga yo‘llagan bayram tabrigini Bosh vazir Abdulla Aripov o‘qib eshittirdi.

Davlat rahbari yubiley sana munosabati bilan ishlab chiqarish ilg‘orlaridan bir guruhini mukofotlash bo‘yicha tegishli farmonni imzolagan edi. Tadbirda mukofotlarni Prezident nomidan Bosh vazir o‘z egalariga topshirdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar