AsosiyJamiyat

Sobiq hokim o‘rinbosari uyidan 3 million dollar topildi

Ayni vaqtda Botirjon Hamroyevga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.

'Sobiq hokim o‘rinbosari uyidan 3 million dollar topildi'ning rasmi

Andijon viloyati hokimi sobiq o‘rinbosari — viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i Botirjon Hamroyevga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. 

Uning xonadonida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida budjet mablag‘lari talon-toroj qilinishi, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va boshqa holatlar bo‘yicha tergovga chaqirtirilgan va protsessual tartibda ushlangan.

Manbaning qayd etishicha, uydagi tintuv vaqtida uch million dollar miqdoridagi mablag‘ topilgan.

Ayni vaqtda Botirjon Hamroyevga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar