Angliya chempionati 14-turida “Everton” jamoasi o`z maydonida “Manchester Yunayted” futbolchilarini qabul qildi.Qiziqarli tarzda kechgan uchrashuvda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi.
Uchrashuvning 42-daqiqasida Zlatan Ibragimovich chiroyli tarzda gol kiritib, hisobni ochgan bo`lsa, "Everton" sardori Leyton Beyns so`nggi daqiqalarda penaltidan kiritgan goli evaziga jamoasini mag`lubiyatdan saqlab qoldi.
"Everton" – "Manchester Yunayted" 1:1
Gollar: 42 Ibragimovich, 89, penalti Beyns.
"Everton": Stekelenburg, Funes Mori, Beyns, Koulmen (Xolgeyt, 67), Uilyams, Kleverli (Deulofeu, 65), Berri, Bolazi (Valensiya, 68), Guye, Miralyas, Lukaku.
"Manchester Yunayted": De Xea, Roxo, Jons, Darmian, Valensiya, Mxitaryan (Fellayni, 85), Pogba, Kerrik, Errera, Marsyal (Reshford, 83), Ibragimovich.
Ogohlantirishlar: Roxo (16), Berri (31), Fellayni (88), De Xea (88), Lukaku (90).