Italiya chempionati 15-turida "Milan" jamoasi o`z maydonida "Krotone" futbolchilarini qabul qildi.
Murosasiz va keskin kurashlar ostida o`tgan o`yinda milanliklar qiyinchilik bilan 2:1 hisobida zafar quchdi. G`oliblar safida gollarga Palashich va Lapadula mualliflik qildi.
Mehmonlar tarkibida bitta golni Falchinelli kiritdi.
"Milan" – "Krotone" 2:1
Gollar: Pashalich, 41, Lapadula, 86 – Falchinelli, 26
"Milan": Donnarumma – Abate, Paletta, Romanoli, De Shilo – Pashalich, Lokatelli, Sosa (Luis Adriano, 74) – Suso, Lapadula (Kuska, 90), Nyang (Xonda, 82)
"Krotone": Kordaz – Rozi, Chekkerini, Ferrari, Martella (Sampirizi, 75) – Roden (Simi, 89), Kapessi, Krizetig, Stoyan (Palladino, 70) – Trotta, Falchinelli
Ogohlantirishlar: Lokatelli, Sosa, Kuska – Rozi, Krizetig, Roden, Stoyan





