Ushbu mavsum yakunlariga ko`ra, O`zbekiston chempionligi va Kubogini qo`lga kiritgan "Lokomotiv" yangi mavsumga tayyorgarlikni 21 dekabrdan boshlaydi.
Hozir jamoa futbolchilari ta`tilda va 21 dekabrdan boshlab mashg`ulotlarga kirishishadi. Dastlabki yig`in Toshkentda bo`lib o`tadi. Yangi yildan keyin esa "temiryo`lchilar" Dubayga yo`l olib, o`sha erda mashg`ulot olib borishadi.
Dubaydagi yig`in davomida ikkita o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazish ko`zda tutilgan. Shulardan biri Rossiyaning "Zenit" klubiga qarshi bo`lib o`tadi. Bu o`yin 20 yanvarga mo`ljallangan. 16 yanvardagi raqibimiz esa yaqin orada ma`lum bo`ladi.
05.12.2016 07:31





