AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda propan narxi o‘sishiga cheklov o‘rnatildi

So‘nggi ikki savdo kunida propan narxi 15 foizdan ortiq qimmatlashgani aniqlangan.

'O‘zbekistonda propan narxi o‘sishiga cheklov o‘rnatildi'ning rasmi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Respublika tovar xom-ashyo birjasida propan narxining yuqori chegarasini belgiladi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, qo‘mitaning 5 noyabrdagi topshirig‘iga ko‘ra, chorshanba kunidan boshlab suyultirilgan gaz narxining oshishiga sotuvchining boshlang‘ich narxiga nisbatan 20 foiz miqdorida cheklov(spred) joriy etildi.

So‘nggi ikki savdo kunida propan narxi 15 foizdan ko‘proqqa qimmatladi va seshanba kuni bir tonnasi uchun 10,1 million so‘mdan oshdi. Iqtisodchi Otabek Bakirovning takidlashicha, 5 noyabrdagi birja savdolarida propan narxi bir tonnasi 10 million so‘mdan arzonroq bo‘lgan Ai-80 avtomobil benzinini ortda qoldirdi. 

Narxlarning oshishiga taklifning kamayishi sabab bo‘lishi mumkin. Agar 1 noyabrda birjaga qo‘yilgan propan hajmi 2 ming tonnadan ortiqni tashkil etgan bo‘lsa, 5 noyabrda u 30 foizga — 1,4 ming tonnagacha kamaygan.

Spot manbalariga ko‘ra, 6 noyabr kuni propanning birja narxi keskin pasaygan, chunki suyultirilgan gazning boshlang‘ich narxi bozor narxidan ancha past bo‘lgan. Shunday qilib, narxlarning yuqori darajasi birja kotirovkalarini sun’iy ravishda ushlab turadi, bu esa raqobatni cheklaydi, chunki barcha ishtirokchilar ruxsat etilgan maksimal narxni taklif qilishlari mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Mirziyoyev Vashingtonda savdo va investitsiya uchrashuvlarini boshladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 01:14

    Mirziyoyev Vashingtonda savdo va investitsiya uchrashuvlarini boshladi

    O‘zbekiston Prezidenti AQSH savdo vaziri, Eksimbank va DFC rahbarlari bilan muzokara o‘tkazdi.

    '“Qizilqum” U-19 murabbiyi futbolchilikka qabul qilish evaziga 20 million so‘m olayotganda ushlangan.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 00:48

    “Qizilqum” U-19 murabbiyi futbolchilikka qabul qilish evaziga 20 million so‘m olayotganda ushlangan.

    Navoyida "Qizilqum" PFK U-19 jamoasi bosh murabbiyi o‘smirni tarkibga kiritishni va’da qilib, pul talab qilgani aytilmoqda.

    'Toshkentda kafe yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 00:47

    Toshkentda kafe yonib ketdi

    Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqdanmoqda.

    'Turkiyada yana bir xonanda hibsga olinadi'ning rasmi

    Jamiyat 18.02.2026 14:57

    Turkiyada yana bir xonanda hibsga olinadi

    Istanbulda Bosh prokuraturaning narkotik va iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish byurosi mashhurlarga qaratilgan tergov doirasida 35 yoshli xonanda Edis Gurgulu hibsga olish buyrug‘ini oldi.

    '2025 yilda bolalarga nisbatan 19 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi'ning rasmi

    Jamiyat 18.02.2026 14:37

    2025 yilda bolalarga nisbatan 19 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova ma'lumotlariga ko'ra, hisobot yil davomida ombudsman nomiga 1 934 ta murojaat kelib tushgan.

    'Bekoboddda qaynonasini o‘ldirgan kelin 10 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 18.02.2026 14:27

    Bekoboddda qaynonasini o‘ldirgan kelin 10 yilga qamaldi

    Toshkent viloyatining Bekobod shahrida qaynonasiga 14 marta pichoq urib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan kelin nisbatan sud hukmi o‘qildi.