AsosiyJamiyat

Eng yuqori ish haqi Navoiyda, eng kami esa Xorazmda

Soliq qo‘mitasi sanoat sohasida ishlovchilarning ish haqlari bo‘yicha ma’lumot berdi.

'Eng yuqori ish haqi Navoiyda, eng kami esa Xorazmda'ning rasmi

Soliq hisoboti ma’lumotlariga ko‘ra, sentyabr oyida sanoat sohasida rasmiy ravishda 772,4 ming kishi band bo‘lgan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi. 
Shundan:

336 ming kishi 3-10 mln so‘mgacha ish haqi olgan;

287,8 ming kishi — MHTЕKM (sentyabr oyida 1 050 000 so‘m) dan 3 mln so‘mgacha olgan.

425 kishi oyiga 100 mln so‘mdan ortiq daromad olgan.

Deyarli 7 ming ishchiga 262 500 so‘mgacha (MHTЕKMning 25%idan kam) ish haqi hisoblangan.

Bitta xodimga o‘rtacha ish haqi — 5 mln so‘m.

Hududlarda qancha hisoblandi?

Respublika bo‘yicha eng yuqori ish haqi Navoiy viloyatida - o‘rtacha 8,9 mln so‘m.

Toshkentda — 5,8 mln so‘m; 

Toshkent viloyatida — 5,1 mln so‘m; 

Andijon viloyatida — 4,6 mln so‘m;

Qoraqalpog‘istonda — 4,5 mln so‘m.

Eng past ish haqlari:

Xorazm viloyatida — 2,5 mln so‘m; 

Namangan viloyatida — 2,3 mln so‘m.

    Boshqa yangiliklar