AsosiyJamiyat

Qur’oni karimning o‘zbek tilidagi yangi tarjimasi chop etildi

O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi mohir mutarjim Mirzo Kenjabek tomonidan tarjima qilingan “Anvorul-Qur’on: “Fayzul-Furqon” nomli Qur’oni karimning o‘zbek tilidagi yettinchi tarjimasini chop etdi.

'Qur’oni karimning o‘zbek tilidagi yangi tarjimasi chop etildi'ning rasmi

Akademik Akmal Saidov ushbu yangi tarjima haqidagi fikr va mulohazalarini maqolasi orqali bayon etgan. Maqolada yurtimizda Qur’oni karim ma’nolarini anglash va uni to‘g‘ri anglatish yo‘lida olib borilayotgan xayrli ishlar, tafsir va ishonchli tarjimalarning ortib borayotgani kishini xursand qilishi ta’kidlangan. 

 "Qur’onning dunyodagi turli ko‘plab tillarga tarjima qilinishi buyuk madaniy-ma’rifiy hodisadir. Qur’oni karim jahonning 250 dan ortiq tillarga ko‘p marotaba takror-takror tarjima qilingan. Jumladan, ingliz tilida 120 ga yaqin, fransuz tilida 120 dan ortiq tarjimalari mavjud. Shuningdek, rus tilida 20 dan ortiq, lotin, ispan, nemis va boshqa tillarda ham ko‘plab tarjimalari bor. Bu tarjimalarning ba’zilari ma’lum tilda gaplashadigan musulmonlar uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, ba’zilari esa musulmon bo‘lmagan sharqshunos mutaxassislar va keng o‘quvchilar ommasi uchun chop etilgan. Ba’zi tarjimalar qiziqish va o‘rganib ko‘rish natijasida yuzaga kelgan bo‘lsa, ayrimlari do‘stona maqsadda – samimiyona chuqur islomiy e’tiqod natijasida yuzaga kelgan," — deydi akademik.

Maqolada ma’lum qilinishicha, 2004 yilda O‘zbekistonda Qur’oni karim ko‘zi ojizlar uchun bo‘rtma harflarda, ya’ni brayl yozuvida – alohida kirish kitobi bilan chop etildi. Bu nashr o‘zining yuqori sifati, betakror ko‘rinishi bilan o‘quvchiga hayrat bag‘ishlaydi. Shuni ta’kidlash kerakki, dunyoda Qur’oni karimning braylcha nashriga Misr Arab Respublikasi va Tunis davlatlaridan so‘ng uchinchi bo‘lib nashr etildi.

 Akmal Saidov maqola davomida  “Anvorul-Qur’on: “Fayzul-Furqon”ni Mirza Kenjabek tarjimasining o‘ziga xos xususiyatlarini ham sanab o‘tgan.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Dollarning rasmiy kursi tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:44

    Dollarning rasmiy kursi tushdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi.

    'Osiyo o‘yinlari Toshkentda o‘tkazilmaydigan bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:35

    Osiyo o‘yinlari Toshkentda o‘tkazilmaydigan bo‘ldi

    Bu qaror Ijroiya kengashining joriy yil 2 dekabrdagi yig‘ilishida qabul qilingan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:45

    'Harbiylar va huquqni muhofaza qiluvchilarga tadbirkorlik qilish taqiqlanmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:24

    Harbiylar va huquqni muhofaza qiluvchilarga tadbirkorlik qilish taqiqlanmoqda

    Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

    'Samarqandlik erkak salkam 3 metrli pitonni uyida saqlab kelgan'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:14

    Samarqandlik erkak salkam 3 metrli pitonni uyida saqlab kelgan

    O‘zbekistonga noqonuniy yo‘l bilan olib kirilgan ushbu ilon bilan shu paytga qadar maktablarda tomosha ko‘rsatib kelingan.

    'Noyabrda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 1,0 foizga oshgan'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:22

    Noyabrda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 1,0 foizga oshgan

    Narxlarning yillik o‘sish darajasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10,0 foizni tashkil etgan.