AsosiyJamiyat

Markaziy Osiyo 2050 yilga borib muzliklarining uchdan birini yo‘qotishi mumkin

Tojikistondagi 14 mingdan ortiq muzlik mintaqadagi suv resurslarining 60 foizini ta’minlaydi.

'Markaziy Osiyo 2050 yilga borib muzliklarining uchdan birini yo‘qotishi mumkin'ning rasmi

Markaziy Osiyo 2050 yilga borib muzliklarining uchdan bir qismini yo‘qotishi mumkin. Bu haqda Tojikiston Atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi Bahodur Sheralizoda COP29 doirasida iqlim bo‘yicha bo‘lib o‘tgan panel muhokamasida ma’lum qildi.

Tojikistonda 14 mingdan ortiq muzliklar mavjud bo‘lib, mintaqadagi suv resurslarining 60 foizini ta’minlaydi. Bu muzliklarning tez erishi butun mintaqaning suv, oziq-ovqat va energetika xavfsizligiga tahdid solmoqda, dedi Sheralizoda. U so‘nggi 30-40 yil ichida respublikada 1000 dan ortiq muzliklar erib ketganini esladi.

Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masatsugu Asakava, o‘z navbatida, muzliklarni himoya qilish va qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarga 7 yil davomida mintaqaga 3,5 milliard dollar sarmoya kiritish rejalarini aytdi.

Mintaqaviy hamkorlar, jumladan, Ozarbayjon ekologiya vaziri Muxtor Boboyev muzliklarning erishi muammosini hal qilishda yagona yondashuv muhimligini ta’kidladi. Iqlim vaziyatining yomonlashuvi va muzliklarning qisqarishi suv tanqisligiga olib keladi hamda Markaziy Osiyo va Kavkazdagi qishloq xo‘jaligi va ekotizimlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '“Yoshlarni tinglash nihoyatda muhim, chunki umumiy kelajagimizni aynan ular barpo etadilar”'ning rasmi

    Jamiyat 15.11.2024 22:41

    'Yangiyo‘lda 5 tup daraxtni kesib tashlagan shaxs aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 15.11.2024 17:47

    Yangiyo‘lda 5 tup daraxtni kesib tashlagan shaxs aniqlandi

    U 2 tup qayrag‘och va 3 tup yong‘oq daraxtini kesish orqali tabiatga 533 mln so‘m zarar yetkazgan.

    'Samarqandda diniy ekstremistik materiallarni tarqatgan 19 yoshli yigit qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 15.11.2024 17:38

    Samarqandda diniy ekstremistik materiallarni tarqatgan 19 yoshli yigit qamaldi

    Sud hukmi bilan unga 3 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

    'Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi'ning rasmi

    Jamiyat 15.11.2024 17:13

    Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

    Bir guruh yetuk ulamolar, atoqli arboblar, diniy soha rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda xorijiy olimlarga “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni topshirildi.

    'Ko‘p kvartirali uylarni boshqaruvchi kompaniyalar tomonidan asossiz qarzdorliklar hisoblanayotganligi ma’lum bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 15.11.2024 16:22

    Ko‘p kvartirali uylarni boshqaruvchi kompaniyalar tomonidan asossiz qarzdorliklar hisoblanayotganligi ma’lum bo‘ldi

    Ko‘p kvartirali uyni boshqaruvchi tashkilotlar faoliyati o‘rganilganda shartnomalarda qonundan tashqari asossiz  shartlar belgilanganligi aniqlandi.