Ispaniya hukumati «Real» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtiano Ronalduga nisbatan jinoiy ish ochmaydigan bo`ldi, deya xabar qilmoqda Cadena Cope.
Ma`lumotlarga ko`ra, futbolchi yirik miqdordagi jarima bilan bilan qutuladi. Avvalroq Spiegel nashri Ronaldu agenti Mendesh tomonidan ishlab chiqilgan tizim bo`yicha 150 mln evroni yashirganligini xabar qilgan edi.
Biroz o`tib, Mendeshning kompaniyasi Ronaldu barcha soliq majburiyatlarini bajarganligi to`g`risida ariza bilan chiqgan va moliyaviy ishlar bo`yicha kotib Xose Enrike Fernandes de Moyya ushbu vaziyat o`rganib chiqilishini aytgan edi.