AQSh Prezidenti Barak Obama Iroqdagi harbiy kampaniya DAISh jangarilar guruhining paydo bo`lishiga olib kelganini tan oldi.
“Biz DAISh vujudga kelishiga sababchi bo`lgan 2003 yil hujumidagi ayrim xatolarni qaytarishdan bosh tortamiz” – dedi u Amerikaning Florida shtatida joylashga harbiy havo kuchlari bazasidagi uchrashuv chog`ida.
"Rossiya 24" telekanalining xabar berishicha, Barak Obama Vashington keyin ham turli qit`alardagi mojarolarda ishtirok etishda davom etishini ma`lum qildi. Agar talab qilinsa bir tomonlama tartibda ham.