1

Venalaringiz qay ahvoldaligini bilasizmi? Tekshirib ko`ring!

Salomatlik 07.12.2016, 11:15
Teglar: Salomatlik, Ayol
Venalaringiz qay ahvoldaligini bilasizmi? Tekshirib ko`ring!

Sarlavhadagi savolga aniq javob berish uchun, so`zsiz, shifokor maslahati va aniq tashxis talab etiladi. Ammo ba`zi belgilar surunkali vena etishmovchiligining u yoki bu ko`rinishlariga ishora qiladi. Quyidagi test vena tomirlaringiz ahvoli va surunkali vena etishmovchiligi xavfi bor-yo`qligini aniqlashda yordam beradi.

1) Kun davomida uzoq vaqt tik turish yoki o`tirishga to`g`ri keladimi?

  • Ha, doim shunday – 15 ball.
  • Ko`pincha – 10 ball.
  • Kamdan-kam hollarda – 5 ball.
  • Yo`q – 0 ball.

2) Yoshingiz 40dan oshganmi?

  • Ha – 10.
  • Yo`q – 0.

3) Vazningiz me`yordan juda oshib ketmaganmi?

  • Yo`q, 20 kilodan biroz oshgan – 15.
  • 10–20 kg oshgan – 10.
  • 10 kilodan kam oshgan – 5.
  • Me`yorida – 0.

4) Tez-tez og`ir yuk ko`tarish yoki ko`tarib yurishingizga to`g`ri keladimi?

  • Ha – 15.
  • Ko`pincha – 10.
  • Kamdan-kam hollarda – 5.
  • Yo`q – 0.

5) Katta jismoniy yuk talab etadigan sport turlari bilan shug`ullasizmi yoki ilgari shug`ullunganmisiz?

  • Ha, hamisha – 15.
  • Ko`pincha – 10.
  • Kamdan-kam hollarda – 5.
  • Yo`q – 0.

6) Chekasizmi?

  • Kuniga bir qutidan ko`p – 15.
  • Bir qutidan kam – 10.
  • Yarim qutidan kamroq – 5.
  • Yo`q – 0.

7) Spirtli ichimlik iste`mol qilasizmi?

  • Ha, hamisha – 15.
  • Tez-tez – 10.
  • Ba`zan – 5.
  • Yo`q – 0.

8) Yassioyoqlikdan aziyat chekasizmi?

  • Ha – 15.
  • Yo`q – 0.

9) Qahva ichasizmi?

  • Ha, kuniga 3 finjondan ko`p – 10.
  • Kuniga 2 finjon – 5.
  • Onda-sonda – 0.

10) Bo`yingiz balandmi?

  • Ha – 10.
  • O`rtacha – 5.
  • Yo`q – 0.

11) Tor, noqulay, poshnali poyabzal kiyasizmi?

  • Ha, hamisha – 15.
  • Ko`pincha – 10.
  • Ba`zida – 5.
  • Yo`q – 0.

12) Oyoqlarni siqib turadigan chulki, golfi yoki siqib turadigan rezinali paypoq kiyasizmi?

  • Ha, har doim – 15.
  • Ko`pincha – 10.
  • Kamdan-kam hollarda – 5.
  • Yo`q – 0.

13) Yurak etishmovchiligidan aziyat chekasizmi?

  • Ha – 15.
  • Yo`q – 0.

14) Buyrak kasalliklariga chalinganmisiz?

  • Ha – 15.
  • Yo`q – 0.

15) Kichik tos a`zolari bo`yicha jarrohlik amaliyotini boshdan kechirganmisiz?

  • Ha – 15.
  • Yo`q – 0.

16) Sizda qabziyat (ich qotishi) kuzatiladimi?

  • Ha, doim – 15.
  • Ko`pincha – 10.
  • Ba`zan – 5.
  • Yo`q – 0.

17) Issiq vanna qabul qilasizmi, hammomda bug`lanasizmi?

  • Ha, har doim – 15.
  • Tez-tez – 10.
  • Ba`zida – 5.
  • Yo`q – 0.

18) Oyog`ingiz jarohatlanganmi?

  • Ha – 10.
  • Yo`q – 0.

19) Solyariyga borishni yoki sohil bo`yida oftobda toblanishni yaxshi ko`rasizmi?

  • Ha – 15.
  • Ko`pincha shunday qilaman – 10.
  • Kamdan-kam hollarda toblanaman – 5.
  • Yo`q – 0.

20) Rasional ovqatlanish tartibiga rioya qilasizmi?

  • Ha, hamisha – 0.
  • Ko`pincha – 5.
  • Kamdan-kam hollarda – 10.
  • Yo`q – 0.

21) Ota-onangiz venalarning varikoz kengayishidan aziyat chekishganmi?

  • Ha, ikkisi ham – 10.
  • Faqat bittasi – 5.
  • Yo`q – 0.

22) Necha marta tug`uruqni boshdan kechirgansiz (ayollar uchun)?

  • Ikki martadan ko`p – 15.
  • Ikki marta – 10.
  • Bir marta – 5.
  • Tug`uruqni boshdan kechirmaganman – 0.

Endi ballarni hisoblang va natijani baholang!

Natija

Mutaxassis maslahati

Agar natija 85  (erkaklarda) va 95 (ayollarda) ballgacha bo`lsa, hozircha venalaringizning ahvoli yaxshi.

Biroq ularni ko`p zo`riqtirmang: o`tirganda oyoqlaringizni chalishtirmaslikka harakat qiling; zararli odatlardan voz keching; quyosh vannalari va solyariyda bo`lishni kamaytiring. Kechqurunlari oyoqlaringizni sovuq suv bilan chaying. 15 daqiqa qavatlangan ko`rpacha ustiga ko`tarib yotgancha oyoqlarga dam bering. Og`ir yuk ko`tarmang; vazningizni kuzatib boring. Suzing, velosipedda sayr qiling, zinadan ko`proq chiqib-tushing.

90 dan 170 ballgacha (erkaklarda) yoki 100 dan 200 ballgacha (ayollarda). Biroz bo`lsa-da, surunkali vena etishmovchiligi rivojlanishi xavfi bor.

Davolovchi kompression golfi, chulki yoki kolgotka kiying, paypoqning rezinasi qisib turadigan bo`lmasin. Son va boldir harakatini susaytiradigan kiyimlardan voz keching. To`g`ri ovqatlaning, vazningizni normallashtirishga harakat qiling, shifookr tavsiyasi bilan venalar ahvolini yaxshilovchi maxsus preparatlar qabul qilishingiz mumkin.

Natija 175 dan 285 ballgacha (erkaklarda) va 205 dan 300 ballgacha (ayollarda) bo`lsa, sizda surunkali vena etishmovchiligi muammosi borga o`xshaydi.

Keyinga qoldirmay, zudlik bilan shifokor bilan maslahatlashing. Jiddiy davo kursini o`tashingizga to`g`ri kelishi mumkin.

 

Tavsiyalarni shifokor Saodat TEMIROVA berdi.

Venalarga qanday yordam berish mumkin?

Vena tomirlarining salomatligi butun organizm ahvolida o`z aksini ko`rsatadi. Agar oyoqlardagi venalar kengaygan bo`lsa, buyu rak-qon tomir tizimi faoliyati ham izdan chiqqanidan darak beradi. Demak, varikoz va surunkali vena etishmovchiligi nafaqt venalar kengayishi va yurganda charchashni bildiradi, balki yurak va o`pkalar, jiga rva buyraklarning to`g`ri ishlashiga ham xalaqit beradi. Shuning uchun venalar salomatligiga ahamiyatli bo`lish juda muhim. Venalarga yordam berish qiyin emas. Buning uchun bir qancha oddiy tavsiyalarga amal qilsangiz kifoya:

•        faol rejimga amal qiling, bo`sh vaqtingizda sport bilan shug`ullaning. Suzish ayniqsa foydali. U oyoqlar va butun organizm tomirlarini faollik bilan mashq qildiradi.

•        Agar faoliyatingiz o`tirib ishlash bilan bog`liq bo`lsa yoki kun bo`yi tik oyoqda turishingizga to`g`ri kelsa, biroz mashq qilib olishga vaqt toping. Yuring, imkon bo`ldi deguncha oyoqlaringizni biroz ko`tarib o`tiring yoki yoting. Bu qon aylanishini yaxshilaydi.

•        Oyoqlarni chalishtirib o`tirish yaramaydi. Bu qonning bir joyda turib qolishiga sabab bo`ladi.

•        maxsus elastik chulki yoki bintlar taqib yuring. Ular shifokri tavsiyasi bilan individual tarzda belgilanadi. Ular oyoqlardagi kerakli bosimni tutib turadi.

•        Ortiqcha vazn orttirmaslikka harakat qiling. Agar vazningizga vazn qo`shilgan bo`lsa, jismoniy mashqlar va meva-sabzavotlarga boy parhez yordamida ozishga harakat qiling.

•        Agar oyoqlaringizda, venoz «rasmlar» shish paydo bo`lsa, tomirlar tortishib og`risa, shifokorga murojaat qiling.

NILUFAR

 

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1