AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda bo‘lishi nomaqbul  deb topilgan shaxslar ro‘yxati shakllantiriladi

Ro‘yxatga kiritilgan shaxs ixtiyoriy ravishda O‘zbekistondan chiqib ketmasa, deportatsiya qilinadi.

'O‘zbekistonda bo‘lishi nomaqbul  deb topilgan shaxslar ro‘yxati shakllantiriladi'ning rasmi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-998-son, 15.11.2024 y.) bilan "O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qonun bilan O‘zbekiston xalqining sha’nini, qadr-qimmatini, tarixini tahqirlovchi ommaviy chiqishlarni yoki harakatlarni sodir etgan chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning "O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi nomaqbul deb topilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ro‘yxati"ga kiritilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Chet el fuqarosini yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsni Ro‘yxatga kiritish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining, Senati Kengashining, maxsus vakolatli davlat organlarining taqdimiga asosan amalga oshiriladi.

 Ro‘yxatga kiritilgan chet el fuqarosining yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ro‘yxatga kiritilgan shaxs xabarnoma olgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ixtiyoriy ravishda O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishi kerak.

Agar Ro‘yxatga kiritilgan, nomaqbul deb topilgan shaxs ko‘rsatilgan muddat ichida ixtiyoriy ravishda O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketmasa, mazkur shaxs deportatsiya qilinadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda “Lacetti” va “Skuter” ishtirokida avariya sodir bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:58

    Toshkentda “Lacetti” va “Skuter” ishtirokida avariya sodir bo‘ldi

    “Skuter” haydovchisi shifoxonaga olib ketilgan.

    'Toshkentda 29 ta “iPhone”ni noqonuniy olib kirayotgan shaxs ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:33

    Toshkentda 29 ta “iPhone”ni noqonuniy olib kirayotgan shaxs ushlandi

    Smartfonlarning umumiy qiymati 400 mln so‘mni tashkil qilmoqda.

    'Bugun O‘zbekistonda harorat 20 darajagacha ko‘tariladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:02

    Bugun O‘zbekistonda harorat 20 darajagacha ko‘tariladi

    Toshkent viloyatining ba’zi hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 25.11.2024 16:22

    'Onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi'ning rasmi

    Jamiyat 25.11.2024 15:40

    Onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi

    Prezident qaroriga ko‘ra, 30–65 yoshdagi ayollarning elektron ro‘yxati shakllantiriladi.

    'O‘zbekiston bosh vaziri yordamchisi o‘zgardi'ning rasmi

    Jamiyat 25.11.2024 15:05

    O‘zbekiston bosh vaziri yordamchisi o‘zgardi

    Ashurov Sarvar G‘aniyevich Bosh vazirning yordamchisi – Bosh vazir qabulxonasining mudiri lavozimidan ozod qilindi.