AsosiyJamiyat

Qurilish obyektlarida 82,1 mlrd so‘mlik qo‘shib yozish holatlari aniqlangan

Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

'Qurilish obyektlarida 82,1 mlrd so‘mlik qo‘shib yozish holatlari aniqlangan'ning rasmi

2024 yilgi investitsiya dasturi asosida kurilish - ta’mirlash  ishlari  amalga  oshirilgan obyektlarda qurilish sifati va mablag‘lardan maqsadli foydalanishga alohida e’tibor qaratilib, 61,2 mlrd. so‘mlik sifatsiz ishlar va 82,1 mlrd. so‘mlik qo‘shib yozish holatlari joyida  bartaraf  etilib,  huquqbuzarliklarning  oldi  olindi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda  Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Shuningdek, prokurorlar tashabbusi bilan 683 marotaba o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida 9 311 nafar ishsiz fuqaro ishga joylashtirilgan.

Ish haqi va nafaqa pullarining 5,8 mlrd. so‘mi talon - toroj   qilinganligi aniqlanib, 71 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Joriy yilning 10 oyida tadbirkorlar, shu jumladan xorijiy investorlarning 22 115 nafariga “Tez yordam” tamoyili asosida amaliy   yordam ko‘rsatilgan.

Shundan, 5 587 nafar tadbirkorga 691 mlrd. so‘mlik kredit, 421 nafariga yer maydoni, 132 nafariga bino ajratilishi, 976 nafariga ruxsatnoma va litsenziya berilishi, 7 235 nafarini muhandislik tizimiga ulanishida amaliy ko‘mak berilgan. Natijada, faoliyat ko‘rsatmayotgan 7 210 ta tadbirkorlik subyektlarining faoliyati qayta tiklanishi hisobiga 10 mingdan ortiq   ish o‘rinlari yo‘qotilishining oldi olingan.

Bundan tashqari, 7897 ta yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilib, 18 565   ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Xorijiy investorlar faoliyatida yuzaga kelgan 3 125 ta muammolar   ijobiy hal etildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 22:06

    'Endi sud tizimiga aralashish, sudyalarga bosim o‘tkazish va faoliyatiga aralashganlik uchun qonun bo‘yicha keskin chora ko‘riladi'ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 20:38

    '2026 yilda issiq suv va issiqlik ta'minoti tariflari oshiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 20:27

    2026 yilda issiq suv va issiqlik ta'minoti tariflari oshiriladi

    Issiq suv va issiqlik tariflarining oshirilishiga tabiiy gaz, elektr energiya, suv — uchta asosiy resurs narxlarining oshishi sabab bo‘lishi ta’kidlanmoqda.

    'Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining AQShdagi vakili etib tayinlandi'ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 20:19

    Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining AQShdagi vakili etib tayinlandi

    Tayinlov Prezident administratsiyasi rahbarining buyrug‘i bilan amalga oshirildi.

    'O'zbekistonda kontrafakt "Smekta" ishlab chiqaruvchisi jarimaga tortildi'ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 19:15

    O'zbekistonda kontrafakt "Smekta" ishlab chiqaruvchisi jarimaga tortildi

    Kompaniya frantsuz kompaniyasining brendini eslatuvchi belgidan noqonuniy foydalangan.

    'Jizzaxda IIB xodimi YTHdan so‘ng vafot etgani aytilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 14:29

    Jizzaxda IIB xodimi YTHdan so‘ng vafot etgani aytilmoqda

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan usbu holat yuzasidan hali rasmiy izoh berilmadi.