20 yoshli qizni Turkiyaga fohishalik uchun jo‘natmoqchi bo‘lgan 22 yoshli ayol Toshkent xalqaro aeroportida qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, 2002 yilda tug‘ilgan H.T. ismli ayol oson pul topish maqsadida o‘ziga tanish bo‘lgan 2004 yilda tug‘ilgan Z.O.ni aldab, Toshkent xalqaro aeroporti orqali Turkiya davlatining Istanbul shahriga fohishalik uchun jo‘natayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Ayolni Istanbulda Turkiya fuqarolari kutmb olishi kerak bo‘lgan.
Hozirda H.T.ga jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.