AsosiyJamiyat

Kitob davonidagi yo‘lga qulash xavfi bo‘lgan 17 ta tosh aniqlandi

FVB qutqaruv otryadi tomonidan majburiy tosh tushirish ishlari amalga oshirildi.

'Kitob davonidagi yo‘lga qulash xavfi bo‘lgan 17 ta tosh aniqlandi'ning rasmi

Kuni kecha, viloyat FVB, Xavfli jarayonlarni kuzatish markazi Shahrisabz tuman bo‘limi, Kitob tuman Hokimligi va tuman IIB hamkorligida maxsus-taktik o‘quv mashqi bo‘lib o‘tdi.

Mashq rejasiga ko‘ra, ushbu avtomobil yo‘lida fuqarolar va transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida, yo‘l atrofidagi ko‘chki va tosh qulashi xavfi mavjud bo‘lgan hududlarda tegishli muhandis-texnik tadbirlar amalga oshirildi.

Mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, ushbu dovondan o‘tuvchi avtomobil yo‘liga tosh tushish xavfi bo‘lgan 17 ta joylardan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv otryadi qutqaruvchilari tomonidan majburiy tosh tushirish ishlari amalga oshirildi.

Shu bilan birga, viloyat Favqulodda vaziyatlar Davlat quyi tizimi (FVDqT) kiruvchi xizmatlari hamkorligida tushirilgan tog‘ jinslari qatnov qismidan olib tashlash ishlari bajarildi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu davonda tog‘dan ko‘chgan tosh "Kobalt"ni bosib qolgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Tibbiyot muassasalarida 37 mingdan ortiq fuqaroga kafolatlanmagan xizmat ko‘rsatilgani aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:06

    Tibbiyot muassasalarida 37 mingdan ortiq fuqaroga kafolatlanmagan xizmat ko‘rsatilgani aniqlandi

    Raqobat qo‘mitasi davlat tibbiyot muassasalari va xususiy klinikalardagi holatni o‘rgandi.

    'Toshkentda “Inson huquqlari uyi” ochildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:36

    Toshkentda “Inson huquqlari uyi” ochildi

    “Inson huquqlari uyi”ning faoliyat boshlashi ayni konstitutsiyaviy normaning ro‘yobga chiqarilishi bilan bog‘liq yirik amaliy tadbir hisoblanadi.

    'Bugun O‘zbekistonda tumanli ob-havo bo‘ladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:09

    Bugun O‘zbekistonda tumanli ob-havo bo‘ladi

    Harorat 5-9 daraja atrofida bo‘ladi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 03.12.2024 19:49

    'Oksforddagi O‘zbekistonga oid xazinalar'ning rasmi

    Jamiyat 03.12.2024 19:22

    Oksforddagi O‘zbekistonga oid xazinalar

    O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov boshchiligidagi delegatsiya Oksford Islom tadqiqotlari markaziga tashrif buyurdi.

    'O‘zbekistonda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi vakolatxonasi ish boshladi'ning rasmi

    Jamiyat 03.12.2024 18:51

    O‘zbekistonda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi vakolatxonasi ish boshladi

    Bu haqdagi bitim COP16 konferensiyasi doirasida imzolandi.