AsosiyJamiyat

Toshkentda “Inson huquqlari uyi” ochildi

“Inson huquqlari uyi”ning faoliyat boshlashi ayni konstitutsiyaviy normaning ro‘yobga chiqarilishi bilan bog‘liq yirik amaliy tadbir hisoblanadi.

'Toshkentda “Inson huquqlari uyi” ochildi'ning rasmi

Toshkentda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining Axborot-resurs markazi negizida “Inson huquqlari uyi” o‘z faoliyatini rasman boshladi. Bu haqda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining matbuot xizmati xabar qildi.

Shu munosabat bilan Milliy markaz tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan hamkorlikda tantanali ochilish marosimi tashkil etildi.

Tadbirga faoliyati inson huquqlarini himoya qilish va huquqiy normalarni targ‘ib qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillari, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, davlat organlari mutaxassislari, yetakchi ekspertlar, ilm-fan va jamoat arboblari – jami 100 nafar atrofidagi ishtirokchi hozir bo‘ldi. Bundan tashqari, “Inson huquqlari uyi”ning  ochilishi tadbirini mamlakatimizning barcha hududlari markazlaridagi kutubxonachilar onlayn kuzatib bordi.

Qayd etilishicha, dunyo mamlakatlari Konstitutsiyalarida insonning 110 dan ortiq huquqi qayd etilgan bo‘lsa, bu huquqlarning 90 tasi yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mavjud va shu huquqlardan 40 tasi yangi konstitutsiyaviy huquqlardir.

Shu ma’noda, “Inson huquqlari uyi”ning rasmiy asosda faoliyat boshlashi ayni konstitutsiyaviy normaning ro‘yobga chiqarilishi bilan bog‘liq yirik amaliy tadbir hisoblanadi.

Tantanali ochilish tadbirining odatiy an’anasi – lenta qirqish marosimi o‘tkazildi. Ipak tasmani Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazidirektori Akmal Saidov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev, BMTning O‘zbekistondagi Doimiy muvofiqlashtiruvchisi Sabina Mahl, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshaboyevabirgalikda qirqdilar.

 

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Prezident Xalqaro atom energiyasi agentligi bosh direktorini qabul qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 22:29

    Prezident Xalqaro atom energiyasi agentligi bosh direktorini qabul qildi

    Uchrashuvda amaliy sheriklikning yangi yo‘nalishlarini ilgari surish istiqbollari atroflicha ko‘rib chiqildi.

    'Dramaturg va yosh rejissyorlar uchun mukofot ta’sis etiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 21:52

    Dramaturg va yosh rejissyorlar uchun mukofot ta’sis etiladi

    Prezident qarori bilan teatrlarning ahamiyatini oshirish bo‘yicha yana bir qator sharoitlar yaratidmoqda.

    '84 nafar bolaga prezident sovg‘alari topshirildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:16

    84 nafar bolaga prezident sovg‘alari topshirildi

    “3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan joylarda sektor rahbarlari, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari, mahalla “yettilik”lari hamda boshqa mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bayram tadbirlari tashkil etildi.

    'Tibbiyot muassasalarida 37 mingdan ortiq fuqaroga kafolatlanmagan xizmat ko‘rsatilgani aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:06

    Tibbiyot muassasalarida 37 mingdan ortiq fuqaroga kafolatlanmagan xizmat ko‘rsatilgani aniqlandi

    Raqobat qo‘mitasi davlat tibbiyot muassasalari va xususiy klinikalardagi holatni o‘rgandi.

    'Bugun O‘zbekistonda tumanli ob-havo bo‘ladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:09

    Bugun O‘zbekistonda tumanli ob-havo bo‘ladi

    Harorat 5-9 daraja atrofida bo‘ladi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 03.12.2024 19:49