AsosiyJamiyat

"Ekopolitsiya": tabiatga zarar yetkazganlarga endi kechirim yo‘q

O'zbekistonda ekologik nazorat kuchaytiriladi.

'"Ekopolitsiya": tabiatga zarar yetkazganlarga endi kechirim yo‘q'ning rasmi

Prezidentning yangi qaroriga ko‘ra, tabiatga zarar yetkazganlarni faqat jarima bilan qutqarib bo‘ladigan davr tugadi. Ekologik huquqbuzarliklar endi qat’iy tartibda nazorat qilinadi.

Yangi tizim doirasida maxsus vositalar va bodi-kameralar bilan jihozlangan “Ekopolitsiya” tuziladi. Ular brakonyerlik, noqonuniy daraxt kesish va boshqa ekologik jinoyatlarga qarshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kurash olib boradi.

Shu bilan birga, sanoat korxonalari o‘z hududida havo monitoring stansiyalarini o‘rnatishi shart bo‘ladi — aks holda jarimalar 5 barobargacha oshiriladi.

2026 yildan esa tabiatga zarar yetkazganlik uchun har qanday imtiyoz va to‘lovdan ozod etish bekor qilinadi.

Ekologik jinoyatchilikka qarshi yangi bosqichdagi kurash mamlakatda sog‘lom muhit yaratish va aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilgani ta’kidlanmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Soliqdan qarzi eng katta boʻlgan qurilish kompaniyalari roʻyxati eʼlon qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:48

    Soliqdan qarzi eng katta boʻlgan qurilish kompaniyalari roʻyxati eʼlon qilindi

    Yirik 10 korxona umumiy qarzning deyarli to'rtdan bir qismini tashkil etmoqda.

    'Zagrebda 16 qavatli bino yonib kul bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:32

    Zagrebda 16 qavatli bino yonib kul bo‘ldi

    Yong‘in vazirliklar arxivlariga ham zarar yetkazdi.

    'Tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslarga dam olish kunlari va bayramlarda uzoqroq sayr qilish huquqi berilishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat 18.11.2025 20:30

    Tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslarga dam olish kunlari va bayramlarda uzoqroq sayr qilish huquqi berilishi mumkin

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida "Jinoiy ishi yuritilishida qamoqda saqlash to‘g‘risida"gi Qonunga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ma’qullandi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 18.11.2025 19:10

    'O`zbekiston bayrog`i qabul qilingan kun – faxr, birlik va yuksalish ruhi - fotoreportaj'ning rasmi

    Jamiyat 18.11.2025 17:56

    O`zbekiston bayrog`i qabul qilingan kun – faxr, birlik va yuksalish ruhi - fotoreportaj

    Bugun poytaxt markazida O‘zbekiston bayrog‘i qabul qilingan kunning 34 yilligiga bag‘ishlangan tantanali parad bo‘lib o‘tdi.

    'Angrenda zoʻrlanagan 15 yoshli qizning holati maʼlum qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 18.11.2025 17:20

    Angrenda zoʻrlanagan 15 yoshli qizning holati maʼlum qilindi

    Bolalar ombudsmani uning holatini shifoxonada o‘rgandi.