AsosiyJamiyat

Rossiyada odam oʻldirgan oʻzbekistonlikka 1 yil shartli jazo tayinlandi

Moskva viloyatida qor-soqov erkakni kaltaklab o‘ldirgan o‘zbekistonlik migrant yengillatilgan ayblov asosida 1 yil shartli jazo oldi.

'Rossiyada odam oʻldirgan oʻzbekistonlikka 1 yil shartli jazo tayinlandi'ning rasmi

“Moskva onlayn”ning yozishicha, Moskva viloyatining Shyolkovo shahrida 49 yoshli kar-sokov erkakni urib o‘ldirgan 26 yoshli O‘zbekiston fuqarosiga sud tomonidan 1 yillik shartli qamoq jazosi tayinlandi. Jinoyat izlarini yashirishda yordam bergan ikkinchi migrant esa Rossiyadan deportatsiya qilindi.

Fojia 20 iyul kuni sodir bo‘lgan. Metall qidirayotgan ikki migrantga marhum imo-ishora bilan asossiz harakat qilmaslikni aytgan. Ammo ular buni haqorat deb qabul qilgan va o‘zbekistonliklardan biri erkakni bir necha bor kaltaklagan. Jabrlanganviq yiqilib, boshidan olgan og‘ir jarohatlar tufayli voqea joyida halok bo‘lgan.

Hodisadan so‘ng ikki erkak jasadni chetroqqa sudrab, izlarni yashirishga uringan, ammo tez orada ular qo‘lga olingan. Dastlab tergov aybni “qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish” sifatida baholagan, ammo keyinchalik ayblov “ehtiyotsizlik ortidan o‘limga sabab bo‘lish” moddasiga yengillashtirilgan. Shu bois sud hukmi ham ancha yumshoq chiqdi.

Marhumning qarindoshlari hukmni keskin tanqid qilib, tergov voqea tafsilotlarini to‘liq o‘rganmaganini va aybdorlarga nisbatan yengil munosabatda bo‘lganini ta’kidlamoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Surxondaryoda ayol va bolasini molxonada saqlaganlar sud hukmi o‘qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:51

    Surxondaryoda ayol va bolasini molxonada saqlaganlar sud hukmi o‘qildi

    5 oy davomida majburan saqlangan ayol va yangi tug'ilgan farzandiga zo'ravonlik qilganlarga jazo tayinlandi.

    'Тожикистонга олиб ўтилаётган ноқонуний дори воситалари аниқланди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:35

    Тожикистонга олиб ўтилаётган ноқонуний дори воситалари аниқланди

    Bekobodda "Farhod" chegara bojxona postida qiyati 1 mlrd so‘mdan oshiq dori vositalarining noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘yildi.

    'Qoraqoʻlda oʻquv markazida 20 nafar abiturient zaharlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:28

    Qoraqoʻlda oʻquv markazida 20 nafar abiturient zaharlandi

    Bemorlardan olingan qon namunalari belgilangan tartibda ekspertizaga yuborilgan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 11.01.2026 17:19

    ''ning rasmi

    Jamiyat 11.01.2026 12:57

    ''ning rasmi

    Jamiyat 11.01.2026 12:03