AsosiyJamiyat

Dramaturg va yosh rejissyorlar uchun mukofot ta’sis etiladi

Prezident qarori bilan teatrlarning ahamiyatini oshirish bo‘yicha yana bir qator sharoitlar yaratidmoqda.

'Dramaturg va yosh rejissyorlar uchun mukofot ta’sis etiladi'ning rasmi

"Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-399-son) qabul qilindi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligi.

Qarorga ko‘ra, dramaturglar uchun Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi mukofot hamda yosh rejissyorlar uchun Bahodir Yo‘ldoshev nomidagi mukofot ta’sis etiladi.

Bunda mukofotlar bo‘yicha tanlovlar har ikki yilda o‘tkazilib, ularning g‘oliblari MHTEKMning 50 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Rejissyor – dramaturg – kompozitor – rassom tamoyili asosida ijodiy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan 2025 yildan har yili avgust oyida “Nigoh” ijodiy loyihasi amalga oshiriladi.

Milliy akademik musiqa san’atini rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida har 2 yilda milliy kompozitorlar tanlovi o‘tkazib boriladi.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri huzurida Teatr rejissyorlari akademiyasi tashkil etiladi.

Jahon dramaturgiyasi namunalaridan tarjima qilingan asarlar bo‘yicha har yili “Eng yaxshi tarjima sahna asarlari” tanlovi joriy etiladi. 

 2025 yildan har 2 yilda tarixiy va zamonaviy mavzular bo‘yicha “Eng yaxshi pyesalar” tanlovi tashkil etiladi.

O‘zbekiston teatr jamoalarining milliy reytingi tuziladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 22:06

    'Endi sud tizimiga aralashish, sudyalarga bosim o‘tkazish va faoliyatiga aralashganlik uchun qonun bo‘yicha keskin chora ko‘riladi'ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 20:38

    '2026 yilda issiq suv va issiqlik ta'minoti tariflari oshiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 20:27

    2026 yilda issiq suv va issiqlik ta'minoti tariflari oshiriladi

    Issiq suv va issiqlik tariflarining oshirilishiga tabiiy gaz, elektr energiya, suv — uchta asosiy resurs narxlarining oshishi sabab bo‘lishi ta’kidlanmoqda.

    'Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining AQShdagi vakili etib tayinlandi'ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 20:19

    Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining AQShdagi vakili etib tayinlandi

    Tayinlov Prezident administratsiyasi rahbarining buyrug‘i bilan amalga oshirildi.

    'O'zbekistonda kontrafakt "Smekta" ishlab chiqaruvchisi jarimaga tortildi'ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 19:15

    O'zbekistonda kontrafakt "Smekta" ishlab chiqaruvchisi jarimaga tortildi

    Kompaniya frantsuz kompaniyasining brendini eslatuvchi belgidan noqonuniy foydalangan.

    'Jizzaxda IIB xodimi YTHdan so‘ng vafot etgani aytilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 14:29

    Jizzaxda IIB xodimi YTHdan so‘ng vafot etgani aytilmoqda

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan usbu holat yuzasidan hali rasmiy izoh berilmadi.