Evropa Ligasi musobaqasining guruh bosqichi so`nggi — 6-turida "Manchester Yunayted" jamoasi safarda Ukrainaning "Zarya" futbolchilariga qarshi kurash olib bordi.
Qiziqarli kechgan o`yinda mankunianlar 2:0 hisobida g`alaba qozondi. Uchrashuvning 48-daqiqasida Genrix Mxitaryan hisobni ochgan bo`lsa, 88-daqiqada Zlatan Ibrahimovich "MYu"ning ishonchli g`alabasiga hissa qo`shdi.
Mazkur g`alabadan so`ng "MYu" guruhda 2-o`rin bilan pley-off bosqichiga yo`l oldi.
"Zarya" (Ukraina) – "Manchester Yunayted" (Angliya) 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 48 Mxitaryan, 0:2 – 88 Ibrahimovich.
"Zarya" – Levchenko, Opanasenko, Sivakov, Forster, Suxoskiy, Karavaev, Chaykovskiy, Xaratin (Grechishkin, 57), Petryak, Lyubenovich (Lipartiya, 72), Bezborodko (Bonaventure, 54).
"Manchester Yunayted" – Romero, Yang, Bayi, Roxo, Blind, Errera, Pogba, Mata (Lingard, 65), Runi (Fellayni, 70), Mxitaryan (Fosu-Mensa, 85), Ibrahimovich.
Ogohlantirishlar: Errera (83), Bayi (90).





