AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoyev Arab Amirliklarining ikki vaziri bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti BAA bilan hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladi.

'Shavkat Mirziyoyev Arab Amirliklarining ikki vaziri bilan uchrashdi'ning rasmi

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari sanoat va ilg‘or texnologiyalar vaziri Sulton Ahmad Al-Jobir hamda energetika va infratuzilma vaziri Suhayl Muhammad Al-Mazruiydan iborat delegatsiya bilan uchrashuvida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va investitsiyaviy sheriklik loyihalarini ilgari surish masalalari ko‘rib chiqildi.

Suhbat avvalida Sulton Al-Jobir davlatimiz rahbariga Amirliklar Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon, mamlakat Bosh vaziri, Dubay Amiri Shayx Muhammad Ol Maktum va Vitse-prezidenti Shayx Mansur Ol Nahayonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-BAA ko‘p qirrali munosabatlarining bugungi yuksak darajasi alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi, qo‘shma korxonalar va aviaqatnovlar soni oshmoqda. Birlashgan Arab Amirliklari yetakchi kompaniyalari ishtirokida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan va istiqbolli loyihalar portfeli 20 milliard dollarga yetdi.

"Yashil" energetika ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishi bo‘lib xizmat qilmoqda. Bugun Navoiy viloyatida quvvati 500 megavatt bo‘lgan shamol stansiyasi ishga tushirildi - bu loyiha Masdar kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi.

Umuman, ushbu kompaniya ishtirokida so‘nggi yillarda mamlakatimizda umumiy quvvati 1,5 gigavatt bo‘lgan elektr energiyasi ishlab chiqarish obyektlari ishga tushirildi.

Energetika, neft-gaz va kimyo tarmoqlari, tog‘-kon sanoati, suv ta’minoti, maishiy chiqindilarni qayta ishlash va boshqa yo‘nalishlarda yirik investitsiya loyihalarini tez fursatda tayyorlash va amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Barcha darajalardagi samarali muloqotlarni davom ettirish va bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish muhimligi qayd etildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida qo‘shimcha lavozim joriy qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 13.12.2024 22:14

    'Hokimlar Prezident borgan Bo‘stonliqdagi  turistik majmualar bilan tanishtirildi'ning rasmi

    Jamiyat 13.12.2024 21:10

    Hokimlar Prezident borgan Bo‘stonliqdagi turistik majmualar bilan tanishtirildi

    Ayni paytda Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida hokimlar malaka oshirmoqda.

    'AQSH Ukrainani lend-lizsiz qoldirdi'ning rasmi

    Jamiyat 13.12.2024 20:07

    AQSH Ukrainani lend-lizsiz qoldirdi

    AQSHning 2025 yilga mo‘ljallangan yangi mudofaa budjeti loyihasida lend-liz haqida hech qanday gap yo‘q.

    'O‘zbekistonga kuchli sovuq havo oqimi kirib kelmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 13.12.2024 08:27

    O‘zbekistonga kuchli sovuq havo oqimi kirib kelmoqda

    O‘zgidromet tezkor axborot bilan chiqdi.

    'Bugun ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘adi'ning rasmi

    Jamiyat 13.12.2024 08:01

    Bugun ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘adi

    Harorat 15 darajagacha iliq bo‘ladi.

    'Saida Mirziyoyeva  ko‘zida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan uchrashdi'ning rasmi

    Jamiyat 12.12.2024 22:02

    Saida Mirziyoyeva ko‘zida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan uchrashdi

    Bolalar “Dot Pad” texnologiyasi yordamida quyosh tizimini “ushlab ko‘rish” imkoniga ega bo‘lishdi.