AsosiyJamiyat

Senatning navbatdagi yalpi majlisi ertaga chaqiriladi

Unda muhokama qilish nazarda tutilgan masalalar bilan tanishing.

'Senatning navbatdagi yalpi majlisi ertaga chaqiriladi'ning rasmi

Bugun, 17 dekabrda Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisni Senat Raisi Tanzila Narbayeva olib bordi.

Unda Senatning ikkinchi yalpi majlisini 2024 yil 18 dekabrda chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Yalpi majlisda quyidagi masalalar muhokama qilish nazarda tutilgan:

  • «2025 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi,
  • «Soliq va budjet siyosatining 2025 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi,
  • «2024 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi,
  •  «O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi,
  • «Kosmik faoliyat to‘g‘risida»gi,
  • «Ipoteka krediti bozori yanada rivojlantirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi,
  •  «Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi,
  • «Seysmik xavfsizlikni ta’minlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi,
  •  «Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirilayotganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida»gi,
  • «Davlat boji to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish haqida»gi qonunlar ko‘rib chiqiladi.

Bundan tashqari, yalpi majlis kun tartibi doirasida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunlar ham muhokama etiladi.

Shu bilan birga, qayd etilishicha, senatorlar Oliy Majlis Senati Kengashining bir qator qarorlarini tasdiqlash masalasini ham ko‘rib chiqadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Endi sud tizimiga aralashish, sudyalarga bosim o‘tkazish va faoliyatiga aralashganlik uchun qonun bo‘yicha keskin chora ko‘riladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 20:38

    '2026 yilda issiq suv va issiqlik ta'minoti tariflari oshiriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 20:27

    2026 yilda issiq suv va issiqlik ta'minoti tariflari oshiriladi

    Issiq suv va issiqlik tariflarining oshirilishiga tabiiy gaz, elektr energiya, suv — uchta asosiy resurs narxlarining oshishi sabab bo‘lishi ta’kidlanmoqda.

    'Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining AQShdagi vakili etib tayinlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 20:19

    Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining AQShdagi vakili etib tayinlandi

    Tayinlov Prezident administratsiyasi rahbarining buyrug‘i bilan amalga oshirildi.

    'O'zbekistonda kontrafakt "Smekta" ishlab chiqaruvchisi jarimaga tortildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:15

    O'zbekistonda kontrafakt "Smekta" ishlab chiqaruvchisi jarimaga tortildi

    Kompaniya frantsuz kompaniyasining brendini eslatuvchi belgidan noqonuniy foydalangan.

    'Jizzaxda IIB xodimi YTHdan so‘ng vafot etgani aytilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:29

    Jizzaxda IIB xodimi YTHdan so‘ng vafot etgani aytilmoqda

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan usbu holat yuzasidan hali rasmiy izoh berilmadi.

    'O‘zbekistonda transplantatsiya tartibi rasman belgilab qo‘yildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:32

    O‘zbekistonda transplantatsiya tartibi rasman belgilab qo‘yildi

    Yangi nizom retsipient va donorlarni tekshirish, xulosa berish hamda transplantatsiya jarayonini amalga oshirish qoidalarini aniq belgilaydi.