AsosiySport

“Bunyodkor” ustozi Sergey Luchshan operasiya qilingani ma`lum qilindi

Ayni paytda “Bunyodkor” FK murabbiylar shtabi va futbolchilari mavsumlar oralig`idagi ta`tilda bo`lib turishibdi.

"Bunyodkor" matbuot xizmatining xabar qilishicha, Bundan bir necha kun avval “qaldirg`ochlar” ustozi Sergey Lushchan o`zini salbiy his qila boshladi va shifokorlar yordamiga muhtojlik sezdi. Jarrohlik ijobiy o`tdi. Qayta tiklanish jarayoni tez sur`atda davom etmoqda.

“Bunyodkor” ustozi biz bilan suhbatda, keyingi haftada shifoxonadan sog`ayib chiqishini va jamoa bilan yangi mavsumga tayyorgarlik ko`rishni boshlashini tasdiqladi.

Sergey Ivanovichga sog`lik-salomatlik tilagan holda unga o`zbek futboli rivoji yo`lida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar