AsosiyJamiyat

Afg‘onistonda ayollarga derazadan qarash taqiqlandi

Afg‘onistonda ayollar ko‘rinmasligi uchun uy derazalarini loyihalash va qurishni tartibga keltiruvchi farmon qabul qilindi.

'Afg‘onistonda ayollarga derazadan qarash taqiqlandi'ning rasmi

Afg‘oniston Islom Amirligi oliy rahbari Haybatulloh Oxundzoda farmoni bilan ayollarga uylarning derazalaridan qarash taqiqlandi.

Qabul qilingan farmon bilan ayollar ko‘rinmasligi uchun xonadonlardagi derazalar va shamollatish teshiklarini loyihalash va qurishni tartibga solindi.

Hujjatga ko‘ra, afg‘on aholisining uylaridagi derazalar qo‘shni uylardan ayollar ko‘rinmaydigan qilib o‘rnatilishi kerak.

Agar deraza boshqa turar-joy binosiga qaragan bo‘lsa, uning oldiga odam balandligidagi devor qurish yoki “qo‘shniga boshqa yo‘l bilan zarar yetkazmaslik”ni ta’minlash zarurligi ta’kidlangan.

11 oktyabr kuni BMT Bosh kotibining maxsus vakili Roza Otunboyeva Afg‘oniston hukumatini 12 yoshdan oshgan qizlarning o‘qishini taqiqlovchi siyosatni qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi. 

    Boshqa yangiliklar