Qozog‘istonning Oqmo‘la viloyati Ostona—Shuchinskiy trassada noqulay ob-havo tufayli 40 ga yaqin avtomobil to‘qnashdi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.
Viloyat IIBga ko‘ra, hodisa soat 13:30 larda Birjansal tumanining Ko‘gam va Qaratal qishlog‘i o‘rtasida yuz bergan. Ob-havo sharoiti yomonlashgani (bo‘ron, ko‘rish cheklangani) sababli 40 ga yaqin avtomashina to‘qnashgan. Jabrlanganlar va qurbonlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
https://t.me/darakchilive/18082 |
Voqea joyida politsiya va favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari ishlamoqda. Avtomobillarni evakuatsiya qilish va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq favqulodda xizmatlar hududda ob-havo sharoiti yomonlashishi mumkinligi haqida ogohlantirgan. Shu munosabat bilan barcha haydovchilarga, ayniqsa, shahar tashqarisidagi avtomobil yo‘llarida harakatlanmaslik tavsiya etilgan.
Haydovchilarni ob-havo sharoitlarini inobatga olishga, yo‘llarda o‘ta ehtiyotkor bo‘lishga va vaziyat yaxshilanmaguncha ushbu yo‘nalishda harakatlanmaslikka chaqiramiz, deyiladi IIB xabarida.