AsosiyJamiyat

Ertaga bir nechta ko‘chalar yopiladi

Bunga poytaxt ko‘chalarida o‘tkaziladigan paradi sabab bo‘lgan.

'Ertaga bir nechta ko‘chalar yopiladi'ning rasmi

2025 yil 4 yanvar kuni poytaxt ko‘chalarida harbiy-vatanparvarlik paradi o‘tkaziladi. Bu haqida Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Shu munosabat bilan  quyidagi ko‘chalarda soat 11.00 dan soat 13.00 gacha  bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi:

— Qora qamish-Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Sag‘bon ko‘chasi bo‘ylab KXAY-Sag‘bon ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;

— KXAY-Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Sag‘bon ko‘chasi bo‘ylab Nurafshon-Sag‘bon ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;

— Nurafshon-Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Sag‘bon ko‘chasi bo‘ylab Farobiy-Sag‘bon ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;

— Zarqaynar-Sag‘bon ko‘chalari aylanma harakatidan, Zarqaynar ko‘chasi bo‘ylab Zarqaynar-Alisher Navoiy ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;

— Zarqaynar-Alisher Navoiy ko‘chalari kesishgan chorrahasidan, Furqat ko‘chasi bo‘ylab Furqat-Islom karimov ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;

— Furqat-Islom Karimov ko‘chalari kesishgan chorrahasidan, Furqat ko‘chasi bo‘ylab Furqat-Beshyog‘och ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;

    Boshqa yangiliklar