AsosiyDunyo

Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi ziddiyat misli ko‘rilmagan darajaga yetgan

Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida qurolli to‘nashuv holatlari ko‘paymoqda.

'Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi ziddiyat misli ko‘rilmagan darajaga yetgan'ning rasmi

Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida qurolli to‘nashuv holatlari ko‘paymoqda. Ikki davlat munosabatlaridagi siyosiy taranglik tobora kuchayib bormoqda. 

TOLO News agentligining xabar qilishicha, Pokiston qurolli kuchlari yarim tunda Afg‘onistonning chegaradosh hududlari – Xost viloyatidagi Alisher tumaniga raketa zarbalari berdi. Afg‘oniston tomoni ham javob qaytargani bois, o‘zaro zarbalar almashuvi tonggi soat 5 gacha davom etgan. 

Bunday to‘qnashuvlar natijasida ko‘plab oilalar o‘z uylarini tashlab qochishga majbur bo‘lmoqda. Qurbonlar va yaradorlar haqida hozircha aniq ma’lumotlar yo‘q. 

Ta’kidlash joiz, o‘tgan yilning 24 dekabrida ham Pokiston harbiy samolyotlari Afg‘onistonning chegaradosh Paktika viloyatiga aviahujumlar uyushtirgan edi. Pokiston tomoni buni “pokistonlik toliblarning lagerlarini” nishonga olgani bilan izohlagan. 

Afg‘oniston hukumati o‘z bayonotida bu zarbalar oqibatida kamida 46 nafar tinch aholi vakillari halok bo‘lgani, ularning aksariyati ayollar va bollar bo‘lganini iddao qilgan. 

Afg‘oniston tomoni bu zarbalarga javob tariqasida 28 dekabr kuni Pokiston hududiga bostirib kirib, 19 nafar pokistonlik harbiyni o‘ldirishgan edi.

Qayd etish joiz, Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi chegara mustahkam emasligi bois, turli terrorchi guruhlar, shuningdek, tolibon jangarilari bemalol bu chegarani kesib-o‘tib yurishadi. Chegaraning ikki  tomonida pushtunlar ko‘pligi va hukumatga to‘la bo‘ysunmasligi bois, bu hududlarda Pokiston hukumati va armiyasining ta’siri kuchsiz. Bunday omillar terrorchi va jangarilarga qarshi kurashni murakkablashtiradi.

                                  Abdulloh Sayyid

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo 11.01.2026 16:11

    ''ning rasmi

    Dunyo 11.01.2026 13:46

    '"Biz Grenlandiyani himoya qilishimiz kerak" — Tramp'ning rasmi

    Dunyo 10.01.2026 15:40

    "Biz Grenlandiyani himoya qilishimiz kerak" — Tramp

    AQSh prezidenti Donald Trump Grenlandiyani Rossiya yoki Xitoy tomonidan bosib olinishining oldini olish uchun Qo'shma Shtatlar unga egalik qilishi kerakligini aytdi.

    'Afg‘onistonda urushdan qolgan snaryadlar tinch aholi hayotiga xavf solmoqda'ning rasmi

    Dunyo 10.01.2026 13:40

    Afg‘onistonda urushdan qolgan snaryadlar tinch aholi hayotiga xavf solmoqda

    Har oy o‘rtacha 55 kishi urushdan qolgan portlovchi buyumlar tufayli halok bo‘lmoqda.

    'Dubay naqd puldan voz kechmoqchi'ning rasmi

    Dunyo 10.01.2026 10:19

    Dubay naqd puldan voz kechmoqchi

    Жорий йилнинг охирига келиб Дубайдаги молиявий операцияларининг 90 фоизи рақамли шаклда амалга оширилади.

    'Turkiya havo qatnovi boʻyicha tarixiy rekordini yangiladi'ning rasmi

    Dunyo 10.01.2026 07:12

    Turkiya havo qatnovi boʻyicha tarixiy rekordini yangiladi

    2025 yilda Turkiya aeroportlari qariyb 250 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi.