AsosiyJamiyat

Ertaga O‘zbekistonga Kaspiy dengizi hududidan nam va sovuq havo kirib keladi

8-10 yanvar kunlari O‘zbekistonda kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi.

'Ertaga O‘zbekistonga Kaspiy dengizi hududidan nam va sovuq havo kirib keladi'ning rasmi

«O‘zgidromet» xizmati xabariga ko‘ra, ertaga O‘zbekistonga Kaspiy dengizi hududidan nam va sovuq havo kirib keladi

8-10 yanvar kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3 sovuq-2° iliq, 9-10 yanvarda 0-5° iliq bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchyadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 8 yanvarda 2° sovuq-3° iliq, 9-10 yanvarda 2-7° iliq; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 8 yanvarda 3 sovuq-2° iliq, 9-10 yanvarda 0-5° iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 8 yanvarda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 9-10 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha gacha kuchyadi. Harorat 8 yanvarda kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq, 9-10 yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8 yanvarda 2° sovuq-3° iliq, 9-10 yanvarda 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab 8 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin 9-10 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 8 yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq, 9-10 yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 8 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi, kuchli bo‘lishi mumkin. 9-10 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 8 yanvarda kechasi va kunduzi 3-8° sovuq, 9 yanvarda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq, 10 yanvarda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 19:31

    'Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 16:27

    Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

    Markaziy bank 24 noyabr kuni uchun belgilangan yangi valyuta kurslarini e'lon qilindi.

    'Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 15:41

    Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi

    Havodagi PM2.5 va PM10 miqdori oshgan sharoitda yo'llarni namlash shahardagi ikkilamchi changlanishni qisqa vaqtda kamaytiruvchi eng tezkor choralardan biri hisoblanadi.

    'O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 13:18

    O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi

    Turistlar oqimini ko'paytirish, xizmatlar sifatini oshirish va investitsiyalarni rag'batlantirishni ko'zda tutadi.