AsosiyJamiyat

O‘zbekiston Qurolli kuchlarining qudrati yanada oshiriladi

Jahonda sodir bo‘layotgan murakkab global jarayonlarni inobatga olgan mamlakatning mudofaa qobiliyati va harbiy salohiyatini ham yanada oshirish maqsad qilingan.

'O‘zbekiston Qurolli kuchlarining qudrati yanada oshiriladi'ning rasmi

Jahonda sodir bo‘layotgan murakkab global jarayonlarni inobatga olgan holda Qurolli Kuchlarning qudrati, O‘zbekistonning mudofaa qobiliyati va harbiy salohiyatini yanada oshirish maqsad qilingan. Bu jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan 2025 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasida ko‘zda tutilgan.

Unga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bo‘linmalarini 2022—2026 yillar mobaynida zamonaviy qurol-aslaha, harbiy va maxsus texnika, boshqa zarur jihozlar va vositalar bilan ta’minlash, mavjud texnikalarni ta’mirlash va modernizatsiya qilish bo‘yicha kompleks dasturi”ning ijrosi yuzasidan 2025 yil uchun rejalashtirilgan tovar (ish, xizmat)larning xaridi amalga oshiriladi.

Mudofaa vazirligiga har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida 2025—2026 yillarda Mudofaa vazirligi bo‘linmalarini zarur topogeodezik va geoaxborot dasturiy ta’minot vositalari va maxsus texnikalar bilan bosqichma-bosqich ta’minlash rejalashtirilmoqda. Soha mutaxassislarini zamonaviy geoaxborot va topogeodezik ta’minot bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirib boriladi.

Yerni masofadan zondlash materiallari (kosmosuratlar) yordamida elektron xaritalarini yaratish va yangilash ko‘zda tutilgan.

Umumta’lim tashkilotlarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanini o‘quv-uslubiy va dasturiy jihatdan takomillashtirib borish, fan o‘qituvchilarining faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, belgilangan tartibda bosqichma-bosqich moddiy-texnik jihatdan ta’minlab borish ishlarini amalga oshirish belgilandi.

Loyihaga ko‘ra, Mudofaa vazirligi tizimi (markaziy apparat, harbiy okrug, birlashma, qo‘shilma, harbiy qism va muassasalar)da Yagona kadrlar axborot elektron platformasini yaratilib, ishga tushiriladi.

Istiqbolli komandir va boshliqlarni mahalliy (prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiya, Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi va boshqalar) hamda xorijiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida bosqichma-bosqich o‘qitish va malakasini oshirish yo‘lga qo‘yiladi.

Mudofaa vazirligi harbiy gospitallarini zamonaviy MSKT, MRT va ExoKG (VEM tizimi bilan) bilan belgilangan tartibda ta’minlash davom ettiriladi. Vazirlik harbiy gospitallari 6 dona reanimobil bilan bosqichma-bosqich ta’minlanadi. Ehtiyojdan kelib chiqqan holda, vazirlik qo‘shinlari sanitar avtomobillar bilan bosqichma-bosqich ta’minlanadi.

Vatanni himoya qilishda qahramonlarcha halok bo‘lgan o‘g‘lonlar hayoti va qahramonliklari haqida ko‘rsatuv va qisqa lavhalar tayyorlash hamda namoyish etish rejalashtirilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkent viloyati bojxona postlarida 1 yilda qariyb 70 mlrd so‘mlik tovar-moddiy boyliklar ushlab qolindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:44

    Toshkent viloyati bojxona postlarida 1 yilda qariyb 70 mlrd so‘mlik tovar-moddiy boyliklar ushlab qolindi

    Viloyatda qo‘shni davlatlardan kirib kelish mumkin bo‘lgan 16 ta bojxona posti bor.

    '2025 yilda O‘zbekiston hududlarida 16 ta avtovokzal va avtostansiyalar quriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:34

    2025 yilda O‘zbekiston hududlarida 16 ta avtovokzal va avtostansiyalar quriladi

    Jamoat transporti uchun zamonaviy 700 ta avtobus xarid qilinadi.

    'Bolalar oromgohlariga yo‘llanma olish axborot tizimiga o‘zgartirish kiritilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:41

    Bolalar oromgohlariga yo‘llanma olish axborot tizimiga o‘zgartirish kiritilmoqda

    Endi tizimiga bolalarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining ma’lumotlari kiritilganda ushbu bolaning to‘liq ism-sharifi, jinsi, tug‘ilgan sanasi, oyi va yili haqidagi ma’lumotlar avtomatik ravishda shakllanadi.

    'Jizzaxda kulvor ilonni tiriklay yegan fuqaro jarimaga tortildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:31

    Jizzaxda kulvor ilonni tiriklay yegan fuqaro jarimaga tortildi

    Ijtimoy tarmoqlarda kulvor ilonni tiriklay yegan fuqaro haqida videolavha tarqalmoqda.

    'Bugun O‘zbekistonda harorat 15 darajagacha ko‘tariladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:06

    Bugun O‘zbekistonda harorat 15 darajagacha ko‘tariladi

    Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 10.01.2025 20:11